Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 227 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QO’QON SHAHRIDAGI JOME MAJMUASIDA O’ZBEKISTON-VENGRIYA O’RTASIDA BIRINCHI HUDUDLARARO FORUM BO’LIB O’TDI

×

 2024-10-17 22:54:19    802

PDF yuklash
Chop etish


Forumda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov qardosh yurt vakillarini samimiy qutlab, eng ezgu tilaklarini izhor etdi. O’zbek va venger xalqlari qadim aloqalarga egaligini, ikki xalqning tarixiy kelib chiqishi bir-biriga tutash ildizlarga borib taqalishini bildirdi.

Bugungi kunda ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi, ezgu tashabbuslari doirasida mamlakatlarimiz o’rtasidagi strategik sheriklik va amaliy hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini qayd etib, barcha darajadagi faol muloqotlar davom etayotganligiga e'tibor qaratdi. Mazkur forum ham hududlararo hamkorlikni yo’lga qo’yilishidagi muhim qadam bo’lganligini aytib o’tdi. Sanoat, farmatsevtika, qishloq xo’jaligi, logistika, qurilish va boshqa yo’nalishlarda hamkorlik qilish uchun katta imkoniyatlar borligi ma'lum qilindi.

Yuzma-yuz muloqotlar davomida viloyatdagi qulay investitsiya va tadbirkorlik muhiti bilan yaqindan tanishgan holda o’zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo’nalishlari belgilab olinishiga ishonch bildirildi.

Vengriyaning Yas-Nadkun-Solnok viloyati prezidenti Imre Xubay, ijrochi hokimi Attilo Berko so’zga chiqib, mamlakatlarimiz rahbarlari o’rtasida tashkil etilayotgan oliy darajadagi uchrashuvlar keng ko’lamli hamkorlik qamrovini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarishga xizmat qilayotganini ta'kidladilar. Siyosiy muloqotlar samarali yo’lga qo’yilganligi, endilikda iqtisodiy munosabatlar mustahkamlanayotgani qayd etildi. Farg’ona viloyati bilan turli sohalarda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirishdi.

Forum doirasida Farg’ona viloyati va Yas-Nadkun-Solnok viloyati hamda Qo’qon shahri va Yas-Nadkun-Solnok viloyati o’rtasida birodarlashgan hudud maqomini beruvchi hamkorlik bitimi imzolandi.

Shundan so’ng ikki viloyat rahbarlarining tor doiradagi muloqoti bo’lib o’tdi.

Mehmonlar Jome majmuasida tashkil etilgan hunarmandlar ko’rgazmasi bilan ham yaqindan tanishdilar.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram