Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 118 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QO’QON SHAHRIDAGI O’RDA MAYDONIDA “FARG’ONA-VODIY GAVHARI. INVESTITSIYA VA TURIZM ISTIQBOLLARI” MAVZUSIDAGI XALQARO FORUMI BO’LIB O’TDI

×

 2024-10-19 01:01:06    4142

PDF yuklash
Chop etish


Unda Quvayt, Turkiya, Vengriya, Xitoy, Janubiy Koreya, Qatar, BAA kabi o’ttizdan ziyod davlatlardan 200 ga yaqin kompaniyalar rahbarlari, ishbilarmonlar, sayyohlik tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov barcha mehmonlarni qutlab, turizm va investitsiya istiqbollari va imkoniyatlarini aytib o’tdi.

Ikki kun davom etgan forum Farg’ona viloyatini iqtisodiy-investitsiyaviy salohiyatini xalqaro miqyosda tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Forum xorijiy davlatlar bilan muloqot o’rnatish va o’zaro manfaat keltirishi mumkin bo’lgan qo’shma istiqbolli loyihalarni aniqlash uchun platforma yaratish va rivojlantirishga xizmat qildi.

Tadbir doirasida B2B muzokaralari bo’lib o’tdi, unda tadbirkorlar ko’plab yangi, foydali aloqalarni o’rnatishga, yangi loyihalarni amalga oshirishning o’ziga xos jihatlarini muhokama qilishga muvaffaq bo’lishdi.

Forum yakunlari bo’yicha investitsiya, farmatsevtika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, logistika markazini tashkil etish, turizm, IT-xizmatlari ko’rsatish, elektrotexnika va qishloq xo’jaligi kabi sohalarda bitim, memorandum imzolandi.

Forumda O’zbekistonning investitsiyaviy salohiyati taqdimot qilindi.

Shuningdek, tadbirda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o’rinbosari Akram Aliyev, Qozog’iston milliy turizm kompaniyasi rahbari Kairat Sadvakkosov, D-8 iqtisodiy tashkiloti bosh kotibi Isaika Abdulqodir Imom, quvaytlik investor Ali Mohamed va boshqalar O’zbekiston investitsiya kiritish uchun eng qulay mamlakat ekanligini ta'kidlab, Farg’onada tashkil etilgan forumni yuqori baholadilar.

Tadbirda viloyat hokimligi, Quvasoy shahri, Quva, Qo’shtepa tumani bilan forumda ishtirok etgan xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik memorandumlari imzolangani ma'lum qilindi.

Qo’qon shahrida o’tkazilgan xalqaro forum doirasida 300 mln. dollarlik shartnomalar tuzildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram