Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 94 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI QOZOGʻISTONNING "KAZAKH TURIZM" MILLIY KOMPANIYASI BOSHQARUVI RAISINI QABUL QILDI

×

 2024-10-19 12:35:57    5450

PDF yuklash
Chop etish


Qo’qon shahrida o’tkazilgan “Farg’ona-vodiy gavhari. Investitsiya va turizm istiqbollari” mavzusidagi xalqaro forum doirasida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qozog’istonning "Kazakh turizm" milliy kompaniyasi boshqaruvi raisi Kayrat Sadvakasovni qabul qildi.

Uchrashuvda ikki hudud o’rtasida ziyorat turizmini rivojlantirish bo’yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Kayrat Sadvakasov ziyorat turizmini rivojlantirish, ikki hudud oliy ta'lim yo’nalishidagi turizm fakultetlari o’rtasida hamkorlikni yo’lga qo’yish, bunda nafaqat talabalar balki o’qituvchilarni ham malaka oshirish borasidagi aloqalarni mustahkamlash ularni tajriba almashishiga sharoit yaratish, gastronomiya, madaniyat va sport sohalarida ham hamkorlik qilish bo’yicha takliflarini bildirdi.

Viloyat hokimi har bir bildirilgan taklifni qo’llab-quvvatlab, hamkorlik ko’lamini kengaytirishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

Yaqin kunlarda Farg’ona viloyati delegatsiyasini Qozog’istonga tashrifini amalga oshirishga kelishildi.

Uchrashuv so’nggida Farg’ona viloyati hokimligi va Qozog’iston Respublikasi "Kazakh turizm" milliy kompaniyasi o’rtasida hududlararo turizmni rivojlantirish sohasida hamkorlik to’g’risidagi memorandum imzolandi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram