Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 94 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


CHO’NG’ARA MAHALLASI RISHTON TUMANINING ANKLAV HUDUDIDA JOYLASHGAN

×

 2024-10-19 13:00:34    5654

PDF yuklash
Chop etish


So’nggi yillarda bu yerda aholi farovonligini oshirish, turmush darajasini yaxshilashga muhim e'tibor qaratilyapti, muammolar tizimli hal etilmoqda.

Bosh prokuror o’rinbosari S.Samadov, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti boshlig’ining o’rinbosari Sh.Alirizayev, viloyat hokimining o’rinbosari X.Isaqovlar mazkur mahallada bo’lib, aholi bilan uchrashdi. Ko’plab yo’nalishlarda amaliy ishlar bajarildi.

Mahalla aholisi bilan sayyor qabul tashkil etilib, 22 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi, 5 tasi joyida ijobiy hal etilib, qolganlari bo’yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

Oilaviy shifokorlik punktida qishloq aholisi uchun malakali shifokorlar ishtirokida tibbiy ko’rik tashkil etilib, ko’rikdan o’tgan 300 nafar fuqarolarning 12 nafariga tuman va viloyat shifoxonalarida davolanishlari uchun yo’llanma, 98 nafariga birlamchi tibbiy sanitariya muassasalarida ambulator davolanishiga tavsiyalar hamda 80 nafar ehtiyojmand fuqarolarga bepul dori-darmon vositalari tarqatildi.

58-sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasini kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va isitish tizimi o’rganilib, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Mahallaga toza ichimlik suvi tortish maqsadida suv minorasi olib kelinib, o’rnatish ishlari boshlandi. Energiya ta'minotini uzluksiz ishlashini ta'minlash maqsadida 44-sonli umumta'lim maktab, mahalla idorasi hamda qishloq vrachlik punktiga quyosh panellari o’rnatildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram