Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMLIGIDA GERMANIYALIK INVESTORLAR BILAN UCHRASHUV O’TKAZILDI
2024-10-28 15:45:14 3425
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan Germaniyaning Bavariya-O’zbekiston hamkorligi jamiyati raisi, “Gold – Diamond – Art Dealer” kompaniyasi (CIP) rahbari Karl-Xaynts Brayttsmann hamda “Teamdress Holding GmbH” kompaniyasi menejeri Birger Xorndal bilan uchrashdi.
Uchrashuvda viloyatda zargarlik akademiyasini tashkil etish, madaniyat, turizm, dual ta'lim, qayta tiklanuvchi energiya kabi yo’nalishlarda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar muhokama qilindi.
Dastlab mehmonlar kuni kecha bo’lib o’tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlariga saylovlar viloyatimizda aholining faolligi hamda demokratik tamoyillar asosida ochiq va shaffoflik bilan tashkil etilganligini e'tirof etishdi.
Viloyat rahbari O’zbekiston-Germaniya o’rtasidagi munosabatlar bugungi kunda yangi bosqichga chiqqanligini qayd etib, hududlararo hamkorlik faollashayotganligini, iqtisodiy aloqalar mustahkamlanib borayotganligini ta'kidladi.
Karl-Xaynts Brayttsmann Farg’onada zargarlik akademiyasini tashkil etish loyihasi haqida so’z yuritib, 200 kishi ish bilan ta'minlanishi, loyihaning dastlabki bosqichi 1,5 mln. yevroni tashkil etishi, dual ta'lim asosida ishchilar o’qib, ishlashi mumkinligi, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun alohida sharoitlar yaratilishi bo’yicha ma'lumotlar berdi. Farg’onada namuna sifatida ijtimoiy ob'ektlarda yurak-qon tomir kasalliklarida qo’llaniladigan defibrillyator apparatlarini o’rnatish taklifini bildirdi.
“Teamdress Holding GmbH” kompaniyasi menejeri Birger Xorndal viloyatimizdagi loyihalarini davom ettirib, madaniyat, turizm, ommaviy axborot vositalari, “yashil energiya” hamda dual ta'lim bo’yicha hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirishni ta'kidladi. Shu bilan birgalikda Gamburg hamda Myunxen bilan birodarlashgan shaharlar sifatida do’stlik aloqalarini kengaytirish, Germaniyada O’zbekistonni targ’ib etish borasida fikr almashildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov germaniyalik investorlarning loyihalarini qo’llab-quvvatlab, hamkorlik uchun tayyorligini bildirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram