Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV MALAYZIYA PARLAMENTI SENATI RAISI O’RINBOSARI NUR JAZLAN MOHAMAD BILAN UCHRASHDI

×

 2024-10-29 14:19:48    2815

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Malayziya Parlamenti Senati raisi o’rinbosari Nur Jazlan Mohamad bilan uchrashuvda hududlararo hamkorlik ko’lamini kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Viloyat rahbari mehmonga xalqaro kuzatuvchi sifatida mamlakatimizda bo’lib o’tgan saylovlardagi ishtiroki uchun minnatdorlik bildirdi. Ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli O’zbekiston bilan Malayziya o’rtasidagi do’stlik va ko’p qirrali sheriklik munosabatlarida yangi davr boshlanganligi, bugungi kunda aloqalar sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarilayotganligi qayd etib o’tildi.

Xususan, viloyatimizda Malayziya davlati hududlari o’rtasida o’zaro savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish bo’yicha bir qator ishlar olib borilayotgani, “Sunview” kompaniyasi bilan hamkorlikda qiymati 150 mln. dollarlik quvvati 200 MBt bo’lgan quyosh fotoelektr stantsiyasini qurish loyihasi amalga oshirilayotgani xususida so’z yuritildi. Farg’onaning iqtisodiy-investitsiyaviy salohiyati haqida ma'lumot berildi.

Nur Jazlan Mohamad O’zbekistondagi islohotlarni yuqori baholab, barcha sohalarda tez va jadallik bilan yangilanishlar davom etayotganligini aytib o’tdi. Farg’ona sanoat, iqtisodiyot, investitsiya markazi sifatida ulkan imkoniyatlarga ega ekanligi, malayziyalik investorlarning hamkorlikka istaklari borligini ma'lum qilib, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarda hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish mumkinligini ta'kidladi.

Viloyat rahbari Farg’ona va Malayziya davlati hududlari o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish hamda birgalikdagi loyihalarni qo’llab-quvvatlashini bildirdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram