Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


RISHTON KULOLCHILIK MAKTABINING YETTINCHI AVLOD VAKILI SHAROFIDDIN YUSUPOV UY-MUZEYI OCHILILDI

×

 2024-10-31 13:10:53    1955

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanida O’zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san'at arbobi, “Fidokorona xizmatlari uchun” va “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, Rishton kulolchilik maktabining yettinchi avlod vakili Sharofiddin Yusupov uy-muzeyining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Viloyat hokimining o’rinbosari Xurshidjon Ahmedov, Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov va boshqalar oddiy tuproqdan chinakam ma'noda san'at asarlarini yaratib kelayotgan ustaning betakror mahorati, bosib o’tgan ibratli hayoti haqida so’z yuritdilar.

Mazkur muzeydan usta hunarmandning yillar davomida qalb qo’ri, ko’z nuri va barmoqlar sehri ila yaratilgan mo’'jizakor va jilvakor sopol mahsulotlari o’rin olgan. 

Sharofiddin Yusupov Rishton kulolchilik maktabi an'analarini ijodiy o’zlashtirdi va rivojlantirdi, uni ranglar uyg’unligi, ramziy belgilar va boshqa xususiyatlar bilan boyitdi. U yaratgan tsirkori bezaklar zamonaviy me'morlikda keng qo’llaniladi.

Uning asarlari Parijdagi Luvr, Sankt-Peterburgdagi Ermitaj, Moskvadagi sharqshunoslik va Dunyo xalqlari muzeylarida saqlanadi.

Shu kuni Qo’qon shahrida faoliyat yuritayotgan “Art rezidentsiya” hunarmandlar majmuasida Qo’qon yog’och o’ymakorlik maktabi oltinchi avlod vakili Mirzayunus Umarovning 70 yillik yubileyi munosabati bilan “San'atga baxshida umr yoxud uzilmagan shajara” nomli ko’rgazma o’tkazildi.

Ko’rgazmaning ochilish marosimida ustazoda Mirzayunus Umarovning yog’och o’ymakorlik san'atidagi o’ziga xos qirralari xususida so’z yuritildi.

Mirzayunus Umarov “Hunarmand” uyushmasi va Badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi, Qo’qon yog’och o’ymakorlik maktabining asoschisi Qodirjon Haydarov sulolasining oltinchi avlod vakili. Yog’och o’ymakorligi maktabini davom ettirib, 100 dan ortiq shogirdlarni tarbiyalagan Mirzayunus Umarov bir necha marotaba shahar, viloyat va respublika ko’rik tanlovlarida faol ishtirok etib, turli nominatsiyalarda g’oliblikni qo’lga kiritgan.

Yog’och o’ymakorligi o’ta sinchkovlik, mahorat talab etadigan san'atdir. Usta tomonidan tayyorlanayotgan yog’och o’ymakorligining namunalariga bugun xorijlik sayyohlarning ham qiziqishi katta.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram