Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 157 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Respublika ishchi guruhi tomonidan Toshloq tumanida ijtimoiy-ma’naviy vaziyat va aholining yashash sharoitlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha

 2018-09-29 13:13:45    528

PDF yuklash
Chop etish


AXBOROT

 Berilgan topshiriqqa asosan joriy yilning 19 – 28 sentyabr kunlari 9 ta ishchi guruhlar tomonidan Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida ijtimoiy-ma’naviy vaziyat va aholining yashash sharoitlari o‘rganildi.

Ishchi guruhlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari, vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, nodavlat notijorat tashkilot rahbarlari boshchilik qilgan holda Toshloq tumanining 51 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat olib bordilar.

Toshloq tumanida 33 ming 569 ta xonadonlarda 193 ming 150 nafar fuqaro istiqomat qilib, ishchi guruh a’zolari tomonidan 31 865 ta (95%) xonadonlarga kirib chiqildi. O‘rganish jarayonida turli yo‘nalishlarda jami 5 689 ta muammolar aniqlandi. Jumladan:

- oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit bo‘yicha 13 ta;

- tabiiy gaz va gaz ballon bilan ta’minlash bo‘yicha 1 771 ta;

- elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha 171 ta;

- ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha 202 ta;

- yo‘llarni ta’mirlash bilan bog‘liq 134 ta;

- ko‘mir ta’minoti bilan bog‘liq 1 383 ta;

- maktabgacha ta’lim tizimi bilan bog‘liq 169 ta;

- xalq ta’limi tizimi bilan bog‘liq 9 ta;

- sog‘liqni saqlash tizimi bilan bog‘liq 229 ta;

- ishga joylashtirish bo‘yicha 232 ta;

- bank krediti bilan bog‘liq 244 ta;

- tadbirkorlik bo‘yicha 19 ta;

- uy-joy masalasi bo‘yicha 327 ta;

- moddiy-yordam bo‘yicha 354 ta;

- boshqa masalalar bilan bog‘liq 430 ta muammolar aniqlangan.

Mazkur muammolarni 4 931 tasi yoki umumiy murojaatlarning 86,7 foizi bartaraf etildi.

 

1. Aholini gaz, elektr energiya va ko‘mir bilan ta’minlash bo‘yicha:

Tabiiy va suyultirilgan gaz bo‘yicha 1771 ta muammoli masalalar ko‘tarilgan bo‘lib, 1733 tasi (97,9%) hal etilgan. Ushbu sohada murojaatlarning asosiy qismi maishiy gaz ballon hamda suyultirilgan gaz bilan ta’minlash bo‘yicha bo‘lmoqda.

19-26 sentyabr kunlari tuman aholisiga 3317 dona (1,2 mlrd. so‘mlik) maishiy gaz ballonlari tarqatildi, shuningdek, 7 355 dona gaz ballonlari 147,1 tonna suyultirilgan gaz bilan to‘ldirib berildi.

Toshloq tumani aholisiga 2018-2019 yil kuz-qish davri uchun7 ming 486 tonna ko‘mir va ko‘mir briket mahsulotlari etkazib berish joriy yil oktyabr oyidan boshlab berilishi rejalashtirilgan bo‘lib, o‘rganish  davrida (19-25 sentyabr kunlari) 374 tonna (5%) ko‘mir etkazib berildi.

Tumandagi ijtimoiy soha ob’ektlari uchun 2 651 tonna ko‘mir berish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda jami 2 275 tonna (85,8%), jumladan, Maktabgacha ta’lim bo‘limi 590 tonna (83%), umumiy o‘rta ta’lim maktablari 1380 tonna (87%), Sog‘liqni saqlash muassasalariga 305 tonna (87 %) ko‘mir bilan ta’minlandi.  

Elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha jami 171 ta muammoli masalalar ko‘tarilgan bo‘lib, 97 tasi (56,7%) hal etilgan.

Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tumanga 80 nafardan ortiq xodimlar hamda maxsus avtomashinalar jalb etilib, 4 ta har xil quvvatga ega transformatorlar, 252 ta temir-beton tayanchlar, 72 dona yog‘och tayanchlar, 432 kg har xil turdagi ochiq simlar, 37 dona metall konstruksiyalari, 24 dona kommutatsion apparatlar, 264 metr kommutatsiya simlari, 152 dona izolyatorlar (jami 728 mln. so‘mlik) olib kelinib qurilish-montaj ishlar olib borilmoqda.

19-26 sentyabr kunlari Guzarboshi, Sufilar, Toshloq, Qipchoqariq MFYlari hududiga 4 ta har xil quvvatga ega qo‘shimcha transformatorlar o‘rnatildi.

19 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi 32 ta ko‘chalarida  jami 324 ta temir-beton hamda yog‘och tayanchlari o‘rnatilib, hozirda ta’mirlash-montaj ishlari bajarilmoqda.

Yangi yo‘l, Xotinqumi, Arabmozor, Varzak hamda Toshloq MFY hududdlarida joylashgan 15 ta transformator punktlari, 9,6 km elektr tarmoqlari hamda tayanchlardagi nosozliklar bartaraf etildi.

Ishchi guruhning o‘rganishi davomida kelib tushgan murojaat va takliflar asosan  elektr tarmoqlarini ta’mirlash, nostandart yog‘och ustunlarni yangilash, qo‘shimcha transformator punktlari o‘rnatish ishlarini tashkil etdi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida tumandagi jami 51 ta mahallalardagi 30 mingdan ortiq aholi xonadonlarining, 6 ta ijtimoiy soha muassasalari va 98 ta tadbirkorlik sub’ektlarining elektr ta’minoti yanada yaxshilandi.

2. Toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha:

Tumanda jami 147 dona suv quduqlari va 275 km ichimlik suvi tarmoqlari mavjud bo‘lib, suvlashtirish darajasi 56% tashkil etadi.

O‘tkazilgan o‘rganishlarda 202 ta murojaat tushgan. Ushbu murojaatlarni hal etish maqsadida tumanda bugungi kun holatiga 11 ta ichimlik suv minorasi ta’mirlandi, 13,2 km transheya qazildi, 19,6 km ichimlik suvi tarmog‘i tortildi, 17 ta suv nasosi o‘rnatildi, 12 ta ichimlik tarmog‘idagi nosozliklar bartaraf etildi.

Yuqorida amalga oshirilgan ishlar natijasida qo‘shimcha 2350 ta xonadon yoki 9400 nafar aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanib, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 78 foizga ko‘tariladi.

3. Ichki yo‘llarni holatini yaxshilash bo‘yicha:

Toshloq tumanida 860,6 km ichki yo‘llar mavjud bo‘lib, ularni  317,4 km (36,8 % ) qismi ta’mirtalab holatda.

Aniqlangan muammolarni  bartaraf etish bo‘yicha jami 27 tadan ortiq yo‘l qurilish texnikalari jalb etilib 36 ta MFY hududidagi 50 ta ko‘chalarda 19,075 km ichki yo‘llar shag‘allashtirildi va Naymanbo‘ston MFY 29-maktabga kirish yo‘li 600 metr va Mehnatobod qishlog‘i Yangi yo‘l ko‘chasiga 222 metr asfalt yotqizildi. Ichki yo‘llarni shag‘allash ishlari davom etmoqda.

Umum foydalanuvdagi 4R 140 “Marg‘ilon – Quva – Marhamat”, 4R-127a Marg‘ilon shimoliy aylanma avtomobil yuli, 4K 839 “Toshloq – Qoratepa”, 4K 840 “Yakkatut Bo‘ston Qoratepa”, 4K 842 “Zarkent – Turvat”, 4N 837 “Zarkent – Qumariq” va 4N 838 “Baqay – Qo‘chqorchi – Arabmozor” avtomobil yo‘llarida paydo bo‘lgan 210 m2 chuqur-chanoqlar  bartaraf etildi. 4R-140  “Marg‘ilon – Quva – Marxamat”, 4R-127a Marg‘ilon shimoliy aylanma avtomobil yuli, 4N 838 “Baqay – Qo‘chqorchi – Arabmozor” avtomobil yullarida jami 7-joyda  piyodalar o‘tish joylari belgilandi.

Murojaatda ko‘rsatilgan 34 ta ichki yo‘llarni (22,8 km) asfalt bilan ta’mirlash uchun 4 mlrd. 560 mln. so‘m mablag‘ (9641 tonna asfaltobeton mahsuloti, 675 tonna bitum)talab etilmoqda.

4. O‘tkazilgan hasharlar bo‘yicha:

Tumanning 51 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida joriy yilning 22-23 sentyabr  kunlari umumxalq hasharlari tashkil etildi.

Hasharlarda jami 50 745 nafar aholi, jumladan, 35 521 nafar yoshlar ishtirok etdi hamda 102 ta yuk mashinalari va texnika vositalari jalb etildi.

O‘tkazilgan hasharlarda:

- 146 gektar er maydonlari obodonlashtirilib, 61,7 km ariq va lotoklar tozalandi.

- aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida hashar yo‘li bilan 13,4 km masofada qazish ishlari amalga oshirildi;

51 ta ehtiyojmand oilalar, yakka yolg‘iz qariyalarning uy-joylari ta’mirlandi;

48 ta ta’lim muassasalari, 25 ta maktabgacha ta’lim muassasalari hashar yo‘li bilan obodonlashtirildi;

- 7 ta ziyoratgoh va 63 ta qabristonlar tozalanib, obodonlashtirildi:

- 255 tonna maishiy va qurilish chiqindilar chiqarib tashlandi.

5. Melioratsiya va tomorqalarni sug‘orish tizimini yaxshilash bo‘yicha:

Tumanda suv xo‘jaligi yo‘nalishida aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida jami 11 dona mexanizmlar, jumladan, 2 dona avtotreyler hamda 9 dona ekskavatorlar jalb etilgan bo‘lib, jami 11,2 km uzunlikda kollektor-drenaj va sug‘orish tarmoqlarida ta’mirlash-tiklash tadbirlari bajarildi.

Jumladan, melioratsiya tadbirlar bo‘yicha Bo‘ston, Besarang, Obod diyor, Mexnatobod, Xamrak, Soybo‘yi, Varzak MFYlar hududidagi ichki zovur tarmoqlarida 6,55 km tozalash ishlar bajarilib, aholi tomorqalarining 76 ga maydondagi er osti sizot suvlari sathi pasaytirildi. Hozirda tozalash ishlari davom etmoqda

Irrigatsiya tadbirlari bo‘yicha Toshloq, Turvat, Shodlik MFYlari hududidagi 1 km ichki ariqlarda tozalash ishlari bajarildi. Toshloq, Guzarboshi, Xonariq MFY lardagi 34 ta aholi tomorqa erlarini sug‘orish uchun ichki ariqlardan suv etkazib berildi.

Shuningdek, “Obod qishloq” dasturi doirasidagi tadbirlarga 2 dona mexanizmlar ajratilib, Zarkent va Yangiyo‘l MFYlar hududidagi 4 km uzunlikda zovur tarmoqlarini ta’mirlash ishlari rejalashtirilib, amalda 3,7 km (92%) bajarildi.

6. Aholi sog‘lig‘ini saqlash yo‘nalishida jami 229 ta muammo aniqlandi.

Tumanda joylashgan 10 ta birlamchi tibbiy-sanitariya yordam muassasalarida jami 19,25 stavka umumiy amaliyot shifokori (UASH) va 11,75 stavka tor doiradagi mutaxassislar etishmasligi, tumanda birlamchi tizimni yanada sifatini oshirish uchun tor doiradagi mutaxassislarga bo‘lgan extiyoj sababli birlamchi malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishiga salbiy ta’sir etmoqda.

19-26 sentyabr kunlari Tuman aholisining 11368 nafari to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shu jumladan, 390 nafar nogironligi bor shaxslar, 697 nafar pensionerlar va 529 nafar boshqa toifadagi fuqarolarning o‘z uylariga borgan holda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Jami tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganlarning 3444 nafarida (30.3%) kasalliklar aniqlandi. Kasallik aniqlanganlarning 3245 nafari ambulator davolanishga, 172 nafari tuman markaziy shifoxonasida va 27 nafari viloyat ixtisoslashgan shifoxonalarda  davolanishga yo‘llanma berildi.

55 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 3 nafar fuqaroga qo‘ltiqtayoq, 7 nafar fuqaroga eshituv moslamasi berildi.

Nogironlik belgilash masalasida bo‘yicha fuqarolar xujjatlari o‘rganib chiqilib, 2 nafariga nogironlik guruxi belgilandi.

Viloyat mutaxassislari ishtirokida tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi va jarrohlik bo‘limida mahorat darsligi o‘tkazilib, unda 2 nafar bemorning yangilik operatsiyasi o‘tkazildi hamda 2 nafar kam ta’minlangan bemorlar operatsiya qilindi.

7. Maktabgacha ta’lim tizimi bo‘yicha:

Tumandagi jami 14 ming 687 nafar 3-7 yoshli bolalarning 3 ming 115 nafari (21,2%) 26 ta maktabgacha ta’lim muassasasiga qamrab olingan.  Quvvatga nisbatan qamrov 98,4 % ni tashkil etadi. Tumandagi 25 ta mahalla fuqaro yig‘inlarida  davlat maktabgacha ta’lim muassasasi umuman mavjud emas.

O‘rganish jarayonida fuqarolar tomonidan maktabgacha ta’lim bilan bog‘liq 169 ta murojaatlar kelib tushdi.

Ishchi guruhi tomonidan aholi muammolarini o‘rganish jarayonida tumandagi 6 ta (5, 10, 11, 13, 15, 25-sonli) davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida 14 dona 84 mln. so‘mlik isitish qozonlari o‘rnatildi.

2 ta (20, 28-sonli) davlat maktabgacha ta’lim muassasalarning atrofi (jami 220 metr) homiylik tariqasida, devor bilan o‘raldi.

6-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida 15 mln. so‘mlik mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 75 metrlik atrof devori yangitdan qurib bitkazildi.

2 ta (10, 25-sonli) maktabgacha ta’lim muassasasiga jami 155 mln. so‘mlik mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 5 ta issiqlik qozonini almashtirish va binolarini joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.

Tumandagi 65 nafar bolalar maktabgacha ta’lim muassasalariga (shundan 7 nafari imtiyozli tarzda) joylandi.

8. Xalq ta’limi tizimini o‘rganish davomida tumandagi 50 ta umumta’lim maktablaridan  5 tasi joriy ta’mirga, 4 ta maktab binolari  kapital ta’mirga muhtojligi, 2 tasida qo‘shimcha  bino qurish va rekonstruksiya qilish zarurligi, 1 ta maktabda sport zalga ehtiyoj mavjudligi  aniqlandi.

Bugungi kunda mazkur maktablarda, xususan,  24-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf binosida 2 ta isitish qozoni o‘rnatildi va 100 p/m issiqlik tizimi yangilandi. Amalga oshirilgan ishlar uchun mahalliy byudjet hisobidan  50,0 mln. so‘m mablag‘ sarflandi.

SHuningdek, 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabida mahalliy byudjet hisobidan 12,5 mln. so‘m sarflanib, sport zali isitish tizimi joriy ta’mirlandi hamda 1 dona isitish qozoni yangisiga almashtirildi.

2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida mahalliy byudjet hisobidan 13,0 mln. so‘m sarflanib, 2 ta eskirgan isitish qozonlari yangisiga almashtirildi.

5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida mahalliy byudjet hisobidan 31,0 mln. so‘m sarflanib, 2 ta eskirgan isitish qozonlari yangisiga almashtirildi hamda 450 p/m ichimlik suvi quvuri tortildi.

26-umumiy o‘rta ta’lim maktabida mahalliy byudjet hisobidan 21,5 mln. so‘m sarflanib, 3 ta eskirgan isitish qozonlari almashtirildi.

49-umumiy o‘rta ta’lim maktabida mahalliy byudjet hisobidan 29,5 mln. so‘m sarflanib, 5 ta eskirgan isitish qozonlari yangisiga almashtirildi.

6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida mahalliy byudjet hisobidan 8,0 mln. so‘m sarflanib, 550 p/m ichimlik suvi quvuri tortildi.

15-umumiy o‘rta ta’lim maktabida mahalliy byudjet hisobidan 30,0 mln. so‘m sarflanib, orqa hovlisini 120 metr atrof devori o‘raldi, isitish tizimi joriy ta’mirlandi..

7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida mahalliy byudjet hisobidan 38,0 mln. so‘m sarflanib, isitish tarmog‘i ta’mirlanib, 2 dona eskirgan isitish qozoni yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari tumandagi ta’lim muassasalarining isitish tizmini ta’mirlash, binolarni joriy ta’mirlash uchun 2019 yilga maxalliy byudjetdan 2 mlrd. 693 mln. so‘m ajratishi rejalashtirilgan.

Tumandagi umumta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan                         2132 nafar o‘qituvchilarning 2012 nafari (94,3%) malakasini oshirgan.

Maktablarda  tahsil olayotgan 29 ming 53 nafar o‘quvchilarning                      22 ming 64 nafari (75,9%) to‘garaklarga jalb etilgan.

9. Xotin-qizlar va oilalardagi ijtimoiy-manaviy muhitni sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha:

Tumanda 2018 yilning 8 oyi  davomida xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 4 ta bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 taga, oilaviy ajrashishlar 82 ta bo‘lib, 9 taga kamaygan. Hisobda turgan notinch oilalar 27 tani tashkil etmoqda.

Tumandagi  oilaning 68 tasi noqonuniy shar’iy nikoh bilan yashab kelayotganligi aniqlanib, 2018 yilning 8 oyi davomida  ulardan 47 tasining nikohi rasmiylashtirildi. 142 ta ajrashish arafasidagi oilalar yarashtirildi.

2018 yilning boshida 39 ta oila profilaktika hisobida turgan bo‘lib, 2018 yil 8 oyi davomida  notinch oilalar bilan profilaktika ishlari olib borish natijasida 12 ta notinch oiladagi notinchlik sabablari bartaraf etilib, profilaktik xisobdan chiqarildi. Ushbu ko‘rsatkichlar notinch oilalar bo‘yicha ishlarni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Yolg‘iz onalar soni 41 nafar bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21 nafarga kamaygan.

2018 yilning 8 oyida Toshloq tumanida xotin-qizlar tomonidan o‘z joniga qasd va suiqasd qilish 3 tani tashkil etadi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 taga kamaygan.

Respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan joriy yilning 21 sentyabr kuni tumandagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan, kredit olmoqchi bo‘lgan  xotin-qizlar va xunarmand ayollar hamda ustoz-shogird yo‘nalishida qayta kasbga o‘qitish markazlariga jalb etiladigan xotin-qizlar uchun  “Obod diyor” kinoteatri  “Biznes-start” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda  kasb-xunar kollejlari bitiruvchilari hamda o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan 401 nafar xotin-qizlar ishtirok etdi.

Sadda” MFY hududida yakka tartibdagi tadbirkor  Fayzxo‘jaeva Muattarxon tomonidan “Firdavs hilol fayz” MCHJ tikuvchilik sexi tashkil etilib, joriy yilning 22 sentyabr kuni Respublika ishchi guruh tomonidan ochilish marosimi o‘tkazildi. Tikuvchilik sehida 30 ta yangi ish o‘rini yaratildi. Vaqtincha ishsiz bo‘lgan 30 nafar xotin-qizlarni bandligi ta’minlandi. 

Tumandagi Zarkent MFY binosida “Mahalla kutubxonasi” tashkil etilib tuman hokimligi tomonidan 300 dona badiiy adabiyotlar sovg‘a qilindi.

2018 yil 23 sentyabr kuni Chek MFYda yakka tartibdagi tadbirkor Masaidova SHaxnozaxon tomonidan “SHaxnoza” nomli tikuvchilik sexi tashkil etilib, 12 ta yangi ish o‘rini yaratildi. Vaqtincha ishsiz bo‘lgan 12 nafar  xotin-qizlarni bandligi ta’minlandi. 

2018 yil 24 sentyabr kuni Do‘stlik MFYda “Gulnomozshom” tikuvchilik tashkil etilib, 15 ta yangi ish o‘rini yaratildi. Vaqtincha ishsiz bo‘lgan 15 nafar  xotin-qizlarni bandligi ta’minlandi.  

Zarkent Agrosanoat kasb-xunar kollejida  “Qizlar sayli” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda tumandagi 48 ta umumta’lim maktablari, 6 ta kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan iqtidorli va iste’dodli qizlar  hamda mahallalardagi uyushmagan, vaqtincha ishsiz  bo‘lgan 250 nafardan ziyod qizlar ishtirok etdilar. Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktabi o‘quvchilari va “Barkamol avlod” bolalar markazlarida taxsil olayotgan o‘quvchi qizlar tomonidan qo‘l mehnatlari bilan yaratilgan ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. She’riyat yo‘nalishida ijod qilayotgan qizlar o‘z ijod namunalaridan o‘qib eshittirdi. Kasb-xunar kollejlarida tahsil olayotgan qizlar o‘rtasida “Balli qizlar” ko‘rik tanlovi, “Qizlarni oilaviy xayotga tayyorlash” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirlarda faol ishtirok etgan 20 nafar qizlarga viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan “Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Respublika ishchi guruhi tomonidan tumandagi Zarkent, Xotinqumi, Yakkatut, Nayman, Arabmozor, Toshloq, Sadda, Naymanbo‘ston, Yangi yo‘l, Qumariq mahalla fuqarolar yig‘inlari qoshida “Mahalla kutubxonasi” tashkil etildi.

O‘tkazilgan barcha tadbirlar Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasi orqali keng aholi ommasiga namoyish etildi, shuningdek, tuman hokimligining “Toshloq tongi” gazetasida yoritildi.

10. Aholining bandligini ta’minlash bo‘yicha:

Tuman bandlik bo‘limining hisobotiga ko‘ra, tumanda mehnatga layoqatli aholining 8 ming 929 nafari (10,7 %) ishsizdir.

Tumanda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida yangi loyihalarni aniqlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmagan.

Natijada 9 ming 782 nafar fuqarolar uzoq muddatga chet mamlakatlarga chiqib ketgan.

Xorijdan qaytgan fuqarolarning bandligini ta’minlash masalasida bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.

30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar soni 6 325 nafarni tashkil etib, shundan ish bilan ta’minlanmagan uyushmagan yoshlar soni 1 063 nafarni tashkil etadi.

Chetdan qaytgan 137 nafar yoshlardan 27 tasi ish bilan ta’minlangan. O‘rganish davomida ishga joylashtirish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha 15 nafari ishga joylashtirildi, shulardan 12 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi.

Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida:

Ishga joylashish uchun yo‘llanma berilib, ishga joylashganlar soni 759 ta;

Jamoat ishiga yuborilganlar soni 609 ta;

Kasbga qayta tayyorlash uchun ro‘yxatga olinganlar soni 33 ta;

Ustoz-SHogird asosida o‘qitishga talab bo‘yicha ro‘yxatga olinib, biriktirilgan yoshlar soni 385 ta;

Jami 5091 ta fuqaroning bandligi ta’minlangan.

Shu bilan birga, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 22-25 sentyabr kunlari “Bo‘sh ish o‘rinlari Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Yarmarkaga jami 2725 nafar ish izlovchi fuqarolar qatnashib shundan, 1038 nafari ish bilan ta’minlandi, jumladan:

150 nafar fuqarolarga iqtisodiyotning turli yo‘nalishlari bo‘yicha yo‘llanma berilib ishga joylashishga ko‘maklashildi;

888 nafar fuqarolarga Jamoat ishlariga jalb qilinishi bo‘yicha yo‘llanmalar berildi.

11. Aholining ehtiyojmand qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha:

Tumanda o‘rganish davomida aholining kam ta’minlangan, ehtiyojmand qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash masalalarida kelib tushgan muammolarni bartaraf etish maqsadida 150 ta oilalarga 17 mln. so‘mlik bir martalik moddiy yordam tarqatildi.

Tumanda o‘rganish davomida aholining kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa masalalarida jami 44 ta muammolar kelib tushgan bo‘lib, ushbu muammolarni to‘liq bartaraf etish jarayonida me’zon asosida tayinlangan 20 nafar fuqarolarga jami 67,1 mln.so‘mlik ijtimoiy nafaqalar tayinlandi.

 

12. Tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari va bank krediti ajratilishi bo‘yicha 244 ta masala ko‘tarilgan bo‘lib  224 tasi (91,8 %) hal etildi.

Shuningdek, xonadonlarda uyma-uy o‘rganishlar davomida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagida “Har bir oila-tadbirkor” Dasturi davomida 82 nafar fuqarolarga   1 914,8 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.

Jumladan:

23 ta fuqarolarga 200,3 mln. so‘m issiqxona tashkil etish maqsadida;

3 ta fuqarolarga 75,0 mln. so‘m parrandachilikni rivojlantirish maqsadida;

1 ta uy-joy mulkdorlar shirkatiga 100,0 mln. so‘m ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash maqsadida;

41 ta fuqarolarga 761,6 mln. so‘m tikuvchilikni rivojlantirish maqsadida;

16 ta tadbirkorlik sub’ektiga 778,4 mln. so‘m ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida kredit mablag‘lari ajratildi.

PF-5466 “ Yoshlar kelajagimiz” dasturi bo‘yicha 7 ta yosh tadbirkorga 335,0 mln. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi.

  Shu bilan birgalikda 151 nafar fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga 2 366,2 mln. so‘m imtiyozli kreditlar ajratilishi bo‘yicha hujjatlar tayyorlandi.

         Jumladan:

25 ta fuqaroga 270,0 mln. so‘m  qo‘y sotib olish maqsadida;

43 ta fuqaroga 477,2 mln. so‘m issiqxona tashkil etish maqsadida;

62 ta fuqaroga 730,0 mln. so‘m tikuvchilikni rivojlantirish maqsadida;

18 ta fuqaroga 814,0 mln. so‘m milliy pishiriqlar ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida;

3 ta fuqaroga 75,0 mln. so‘m avtomobillarga texnik xizmat xizmat ko‘rsatish maqsadida.

13. Ko‘p qavatli uylarda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha:

Olib borilgan ishlar natijasida ko‘p qavatli uylar oldiga qurilgan 63 ta noqonuniy qurilmalar bartaraf etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 apreldagi “2017-2021 yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2922-sonli hamda 2017 yil 8 avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3182-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda joylashgan ko‘p qavatli uy-joylar va ularning hududlari xatlovdan o‘tkazildi.

Xatlovdan o‘tkazish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida:

“Do‘stlik” MFY “Do‘stlik”,”X.Ermatov” va “T.Dadajonov”  ko‘chalaridagi ko‘p qavatli uylarning tom qismlarini 5 tasini shifer bilan joriy va 4 tasini yumshoq (polizol) qoplamasi bilan mukammal ta’mirlash, 26 ta uylarning fasad qismlari, kirish yo‘laklarini ta’mirlash va 28 ta temir eshik hamda ta’mirlash;

“Shodlik” MFY “A.Navoiy” ko‘chasidagi 2 ta uyning tom qismini shifer qoplamasi bilan joriy ta’mirlash, 4 ta uylarning fasad qismlari va kirish yo‘laklarini ta’mirlash;

“Furqat” MFY “Toshloq” ko‘chasidagi 1ta ko‘p qavatli uyning tom qismlarini shifer bilan joriy va 1 ta yumshoq qoplamasi bilan yopib mukammal ta’mirlash, 3 ta uylarning fasad qismlari va kirish yo‘laklarini ta’mirlash;

shuningdek, tumandagi ko‘p qavatli uylar hududiga 5 ta bolalar maydonchasi, 15 ta tandir-o‘choq, 3 tatashqi xojatxona va oqava suv uchun 25m3sig‘imli chuqur (vыgrыbnaya yama)qurilishi rejalashtirilib, loyiha-smeta xujjatlari tayyorlanmoqda.

Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu ishlar uchun 1,12 mlrd.so‘m miqdorida mablag‘ sarflanishi rejalashtirildi.

Bugungi kunda Viloyat xokimligi tomonidan Toshloq tumanida joylashgan ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlash xamda xududlarini obodonlashtirish uchun 400 mln. so‘m mablag‘ ajratilib, tumandagi 3 ta ko‘p qavatli uylarni fasad qismi va 5 ta ko‘p qavatli uylarni tom qismi mukammal hamda joriy ta’mirlanmoqda.

Toshloq tumanida joylashgan ko‘p qavatli uy-joylardagi mukammal, joriy ta’mirlash ishlari hamda hududlarni obodonlashtirish ishlarini 2018 yil 10-oktyabr kuniga qadar to‘liq yakunlab, foydalanishga topshirish rejalashtirildi.

Shu bilan birga, ko‘p qavatli uylar hududlarini obodonlashtirish bo‘yicha tuman tuman “Suvoqava”DUK, ”Toza hudud” DUK va Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli 2 dona yuklagich traktori, 3 dona yuk tashish, 1 dona maxsus chiqindi tashish va 1 dona maxsus suyuq chiqindi tashish avtotransport vositalari hamda 70 nafar ishchi xodimlar jalb qilinib,obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Buning natijasida ko‘p qavatli uylarda yashovchi 3 ming nafardan ortiq fuqarolarning yashash sharoitlari yaxshilanadi.

Qolgan 598 ta masalalar tegishli viloyat boshqarma va tuman tashkilotlariga o‘rnatilgan tartibda hal qilish uchun etkazilib, Respublika ishchi guruhi tomonidan Toshloq tumanidagi mahallalar va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish ishlari davom etadi.