Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


UZ24.UZ: Farg‘ona shahar hokimligi: bozorlardagi narx-navo to‘g‘risidagi xabar asossiz

×

 2019-02-24 21:10:29    357

PDF yuklash
Chop etish


Avvalroq UzA saytida O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 17 fevral holatidagi narxlari to‘g‘risida ma’lumot berilgandi.

Unda Farg‘ona shahar Markaziy dehqon bozorida mol go‘shti narxi 36-40 ming so‘m, qo‘y go‘shti 34-40 ming, tovuq go‘shti 18-20 ming so‘mdan sotilayotganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Farg‘ona shahar hokimligi bunga o‘z munosabatini bildirgan.

SHahar hokimi H.Habibiddinov ushbu maqoladagi ko‘rsatib o‘tilgan holatlar shahar hokimligi tomonidan o‘rganib chiqilgani va ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topmaganini ma’lum qilgan.

Farg‘ona shahar hududidagi dehqon bozorlarda narx-navolarni barqarorligini saqlash aholini arzon va sifatli oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ishonchli ta’minlash, asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarini barqaror saqlanishini, narxlarning asossiz oshib ketishining oldini olish, sanitariya holatini yaxshilash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida “SHahar maxsus shtabi” tuzilgan bo‘lib, muntazam faoliyat olib bormoqda.

Qayd etilishicha, bugungi kunda bozorlarda asosiy turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari – mol go‘shti 30-36 ming so‘m, qo‘y go‘shti 34-40 ming so‘m, tovuq go‘shti 14-17 ming so‘m, tuxum 400-550 so‘m, kartoshka 1500-2000 so‘m, piyoz 600-1000 so‘m, sabzi 1200-1500 so‘m va mevalar 1000-10000 so‘mdan sotilishi ta’minlanmoqda.