
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
BAG’DODDA KITOBXONLIK HAFTALIGI

2017-04-27 15:30:43 420
Bag’dod tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi tasarrufidagi axborot-resurs markazida “Kitob orqali dunyoni kashf etamiz” shiori ostida kitobxonlik haftaligi bo’lib o’tdi.
Kitobxonlik haftaligida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi farmoyishining mazmun-mohiyati o’quvchilarga tushuntirildi. Bu hujjat yosh avlodning ma’naviyatini yuksaltirish, ularning salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Axborot resurs markazi fondidagi 5500 ga yaqin kitob jamlanmalari (900 tasi elektron darslik va kitoblar) yoshlarga namoyish qilindi. “Kitoblar-yaxshilikdan xitoblar” ko’rgazmasi, “Ertaklar – komillikka etaklar”, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov xotirasiga bag’ishlangan “Siz hamisha qalbimizdasiz”, “Olam haqida bir olam kitob” mavzuli kitob ko’rgazmalari tashkil etildi. Amir Temur tavalludining 681 yilligiga bag’ishlangan “Sohibqiron jahongir Temur”, Muhammad Yusuf tavalludi munosabati bilan “Unutmoq osonmas bizlarni” mavzuli kitob ko’rgazmalari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg’otdi.
Mahalla fuqarolar yig’inlari, ta’lim muassasalari tomonidan o’tkazilgan ko’rik-tanlovlar o’quvchilarning adabiyot sohasidagi bilim va ko’nikmalari, mahoratini sinovdan o’tkazdi. “Zakovat” bilimlar o’yini, “Men sevgan adabiy qahramon” mavzusidagi rasmlar tanlovi, “Jozibali bilim bayrog’i” mavzusidagi imkon-shou, “Ruxsat bering she’r o’qiy” mavzusidagi bahru bayt, “Ertak kaleydoskop” mavzusidagi ifodali o’qish tanlovlarida iqtidor egalariga sovg’alar topshirildi. Kichik yoshdagi kitobxonlar uchun 1- umuta’lim maktabi o’quvchilarining “Zumrad va Qimmat” sahna ko’rinishi, “Bo’g’irsoq” ertagi asosida tayyorlangan qo’g’irchoq teatri namoyish etildi. “Eng yaxshi kitobxon o’quvchi”, “Eng faol keksa kitobxon”, “Eng faol kutubxonachi” nominatsiyalari orqali g’oliblar aniqlanib, taqdirlandi.
O’tkazilgan tadbirlar davomida yoshlarimiz faolligini ko’rib, quvondik. Ularning kitobga bo’lgan e’tibori, mehri bundanda yuksak bo’lishini istaymiz, – deydi markaz rahbari Maxsuda Raximova. – “Maktab – kutubxona – jamoat tashkilotlari” tizimi hamkorligida fondimizni yangi adabiyotlar bilan boyitish, yoshlarni ko’proq jalb etishga harakat qilyapmiz. Ota-onalar va farzandlari ishtirokida kitobning tarbiyadagi ahamiyati, kitob sovg’a qilishning afzalliklari haqida tushuntirish ishlari olib borilyapti. “Bir farzandga uch kitob” hayriya marafonida esa quvonarli natijaga erishdik. Ota-onalar, jamoat tashkilotlari tomonidan tumandagi 55 ta umumta’lim maktablariga 2194 ta bolalar adabiyotlari sovg’a qilindi.