Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
Bozarov Xayrullo Hayitbayevich
2020-09-29 10:10:25 227594
Farg’ona viloyati hokimi
Tug’ilgan yili: 16.01.1976
Tug’ilgan joyi: Namangan viloyati, Chortoq tumani
Millati: o’zbek
Partiyaviyligi: O’z.LiDeP a’zosi
Ma’lumoti: oliy
Tamomlagan: 1997 y. Namangan sanoat-texnologiya instituti (sirtqi)
Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: iqtisodchi
Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa):
2010 y. - «Do’stlik» ordeni
2020 y. - «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan iqtisodchi» faxriy unvoni
Xalq deputatlari respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa
saylanadigan organlarning a’zosimi (to’liq ko’rsatilishi lozim):
2020 y. - h.v. - O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, Xalq deputatlari Farg'ona viloyati Kengashi deputati
MEHNAT FAOLIYATI
1995-2003 yy. - Namangan viloyati Davlat soliq boshqarmasi inspektori, katta inspektori, bosh inspektori, bo’lim boshlig’i o’rinbosari, bo’lim boshlig’i
2003-2003 yy. - Namangan shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari
2003-2005 yy. - Namangan shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig’i
2005-2006 yy. - Namangan viloyati hokimligining Axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi
2006-2007 yy. - Namangan viloyati hokimligining Axborot-tahlil guruhi rahbari
2007-2008 yy. - Namangan viloyati hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo’yicha o’rinbosari
2008-2009 yy. - Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumani hokimi
2009-2014 yy. - Namangan viloyati Chust tumani hokimi
2014-2015 yy. - Namangan viloyati Mingbuloq tumani hokimi
2015-2020 yy. - Namangan viloyati hokimi
2020 y. - h.v. - Farg’ona viloyati hokimi
Vazifalari
Viloyatda vakillik va ijroiya hokimiyatning boshqaruvchisi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi rasmiy vakili hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunda ko’rsatilgan vakolatlarini yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi.
Hududiy boshqaruv organlari, shahar va tumanlar hokimliklari faoliyatiga umumiy rahbarlikni hamda ular tomonidan Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tuzilmalarini shakllantirish va faoliyat yuritishini ta’minlash bo’yicha ishlarni amalga oshiradi. Vakillik va ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning jamoat tashkilotlari va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari bilan o’zaro hamkorligini ta’minlaydi.
Davlat, xo’jalik, ijtimoiy-iqtisodiy qurilish hamda kadrlarni tanlash, tarbiyalash va joy-joyiga qo’yish masalalari bilan shaxsan shug’ullanadi.
O’zbekiston Respublikasining Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlarining ijrosini, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi.
O’ziga berilgan vakolatlar va amaldagi Qonunlar doirasida viloyatdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar qabul qiladi.
Viloyat hokimining o’rinbosarlari o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasini chaqiradi, sessiyalarga raislik qiladi, kun tartibiga kiritiladigan masalalarni taklif qiladi.
Kengash hujjatlariga imzo qo’yadi va tasdiqlaydi. Respublika davlat hokimiyati organlari bilan munosabatlarda viloyat hokimligi manfaatlarini ifodalaydi, shuningdek Respublika davlat va ho’jalik boshqaruv organlari bilan o’zaro hamkorlikni ta’minlaydi.