Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da
2019-06-03 16:50:40 230
O‘zbekistonning Investitsiyaviy jozibadorligini oshirish uchun Davlat xizmatlari markazlari orqali investorlar uchun ko‘rsatilgan davlat xizmatlari, shuningdek o‘z faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan investorlarga malakali huquqiy maslahatlarni berilishini tashkil etish maqsadida, Farg‘ona tumani Davlat xizmatlari markazi orqali joriy yilda tumandagi “FERGANA FRANCE” MCHJ shaklidagi qo‘shma korxona, "VODIY SHOES" MCHJ shaklidagi qo‘shma korxona, "BAXODIR LOG'ON TEKSTIL" MCHJ shaklidagi qo‘shma korxona xamda "EKOKERAMA" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb qilib, yangi ishchi o‘rinlarini yaratish borasidagi faoliyatlarida, davlat xizmatlarini markazining tezkor va sifatli xizmatlari ayni paytda investorlarning asosiy ko‘makchisiga aylanib bormoqda.
Bugungi kunda yuqoridagi korxonalar tomonidan jami 40 603 000 AQSH dollari hisobidagi investitsiyalarni jalb qilgan holda qo‘shimcha 840 ta yangi ishchi o‘rinlarini yaratildi.
"BAXODIR LOG'ON TEKSTIL" MCHJ shaklidagi qo‘shma korxona rahbari Yormatov Ziyovuddin Ilmidinovichning ta’kidlashicha, qo‘shma korxonaning faoliyat yuritishda ya’ni davlat ro‘yxatidan o‘tishda, bino va inshoatlarni qurishda hamda muxandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha Davlat xizmatlari markazining o‘rni beqiyos bo‘lganligi va chet el ta’sischilari ham O‘zbekistondagi bunday tezkor xizmat tizimi joriy etilganligi, ta’sischilarning ishonchiga sazovor bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdi.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2019 yilni “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlantirish yili” deb nomlashlari, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ham ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va buning natijasida investorlar uchun hamkorlik va imkoniyatlar ko‘lamini kengaytirishga xizmat qiladi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “ Xalq qachon bizdan rozi bo‘ladi, qachonki ularning qalbiga quloq solsak, muammolarini bartaraf etishga yordam bersakgina, ularning rahbarga, Davlatga bo‘lgan ishonchi ortadi, bizdan rozi bo‘ladi” deganlari, xalqimizning tadbirkorlik yo‘nalishida olib borayotgan sayi harakatlariga amaliy yordam va xalq rozichiligini olishda asosiy me’zon bo‘lib xizmat qiladi.