
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
"Farg'ona haqiqati": Ezgu tashabbus KITOB KARVONI MA’NAVIYaT MANZILIGA ELTADI

2019-06-06 16:52:46 273
Kitob insonga ma’naviy ozuqa beribgina qolmay, uning tafakkurini ham boyitadi, kelajakka aniq maqsadlar bilan odimlashda mustahkam pillapoya vazifasini bajaradi. Shu bois yurtimizda kitobxonlikni targ‘ib qilishga dolzarb vazifa sifatida e’tibor qaratilayotgani bejiz emas.
Ilgari xabar qilganimizdek, Farg‘onaga kirib kelgan kitob karvoni viloyatimizning barcha hududlaridagi kitobsevarlarga olam-olam quvonch ulashdi. Kecha Islom Karimov nomidagi viloyat Teatr-konsert saroyi sahnida bo‘lib o‘tgan tadbirda kitoblar o‘z egalariga topshirildi.
Tadbirda viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Shuhrat G‘aniyev ishtirok etdi. Shuningdek, bir guruh yoshlar, ma’naviyat fidoyilari ham ushbu anjumanda jam bo‘ldilar.
O‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalari ortilgan 200 xil nomdagi kitoblar jamlanmasi barcha shahar-tuman vakillariga tantanali ravishda topshirildi. Kitobga muhabbat o‘quvchini ezgu maqsad, yuksak orzular parvoziga chorlashini tadbirda ishtirok etgan yoshlar yana bir karra his etdilar.
Ma’naviyat karvonlariga ortilgan kitoblar hududlardagi tasdiqlangan manzillarga – Mehribonlik va Muruvvat uylari, xalq kutubxonalariga, mahalla va ta’lim muassasalari kutubxonalari tomon yo‘l oldi.
Madaminjon SOLIJONOV.
Suratni Sherzod QORABOYeV olgan.