Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 107 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Maxsus xabar

×

 2019-06-09 13:41:39    374

PDF yuklash
Chop etish


2019 yil 9 iyun kuni soat 02:05 da Marg‘ilon shahar “Pichoqchi” MFY Xiyobon ko‘chasi 174-uyda joylashgan “Marg‘ilon Umumiy Ulgurji Savdo kompleksi” MChJga qarashli oziq-ovqat savdo binosida (yopiq bozor) yong‘in sodir bo‘lgan. 
Yong‘in bo‘lgan joyga soat 02:10 da yetib borilgan, 05:40 da o‘chirilgan. Yong‘inga jami 22 ta yong‘in o‘chirish texnikalari (19 ta asosiy, 3 ta maxsus), 2 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi jalb etilgan. 
Yong‘in sodir bo‘lgan savdo kompleksining umumiy maydoni 10440 m2 (72x145 m) bo‘lib, yong‘in natijasida binoning taxminan 1575 m2 (35x45 m) maydonidagi oziq-ovqat, parfyumeriya mahsulotlari va xo‘jalik mollari yonib zararlangan, 8825 m2 maydon saqlab qolingan. 
Yong‘in sodir bo‘lgan joy O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi Bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etganlar mavjud emas. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda yong‘inning kelib chiqishi haqida asossiz gaplar tarqatmaslikni so‘raymiz.

Farg‘ona viloyati hokimligi