Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
:Axborot xizmati::FARG’ONA VILOYATI HOKIMI SHUHRAT G’ANIYEV XITOY DELEGATSIYASINI QABUL QILDI
2019-06-23 15:26:08 129
Bugun, joriy yilning 23 iyun kuni viloyat hokimligi qarorgohida Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Xitoy Xalq Respublikasining Shanxi provinsiyasidan «Shanxi Zhongya Building Material Co. Ltd.» kompaniyasi direktori Guan Kaybao rahbarligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Viloyat hokimi 29 dekabr kuni XXR ning Shanxi provinsiyasida rasmiy safarda bo‘lgan edi. Viloyat hokimi o‘z so‘zida delegatsiya a’zolariga Shanxida Farg‘ona delegatsiyasini iliq kutib olganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.
Uchrashuv davomida mazkur kompaniya Beshariq tumanida tashkil etgan “Fargona Yasin” Qurilish mollari sement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonaning bugungi kundagi qurilish ishlarini tez fursatlarda sifatli qilib tugatish va sement, gips kabi qurilish mahsulotlarini mahalliy bozorga va exportga chiqarish muhimligi aytib otildi.
Shuningdek, mazkur kompaniyaning salohiyati va tajribasini inobatga olgan holda So’x tumanida komir konlarini organish va qazib chiqarish bo’yicha hamkorlik qilish taklif etildi va mazkur yonalishda hamkorlik memorandumi imzolashga kelishib olindi. Viloyat hokimligi tomonidan So’x tumanida mavjud ko’mir konlari va ularning zahirasi bo’yicha batafsil ma’lumot taqdim etilishi aytib otildi.
- Biz ayni damda Farg’onaga allaqachon investitsiya kiritganmiz. Hozir Beshariqda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi zavod quryapmiz. Bizga O’zbekiston qonunlari, investorlar uchun yaratilgan sharoit va aholi juda ma’qul, biz juda mamnunmiz. Shuning uchun Farg’onaga yana investitsiya kiritmoqchimiz, agar yana yaxshi obyekt bo’lsa, keying loyihalarimizni amalga oshirishga kirishmoqchimiz. Ikkinchi loyihamiz bo’yicha Farg’ona shahrida mehmonxona, supermarket, turar-joy kabi kompleks qurmoqchimiz – deydi kompaniya prezidenti janob Gvan.
Eslatib o’tamiz, ushbu kompaniya XXRning Shanxi provinsiyasida ozining zamonaviy mehmonxonalar tarmogiga hamda mehmonxonalarni boshqarishda katta tajribaga ega. Kompaniyaga Fargona va Margilon shaharlarida mehmonhonalar qurish taklif etildi.