
 Farg'ona viloyati hokimi
	Hayrullo Hayitbayevich Bozarov 
		
				
				
		
		
			
		
		
		
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
	
	
		
		
	.
.
Saytni baholash
		RAG’BAT VA E'ZOZ
	
				
	
2020-01-14 15:53:52 444
Farg’ona shahridagi muhtasham San'at saroyida bugun Vatan himoyachilari sharaflandi.

Tantanali yig’ilishda viloyatdagi harbiy okruglar, Milliy gvardiya qo’mondonligi, kuch ishlatar tuzilmalarning hududiy boshqaruv organlari rahbariyati, huquqni muhofaza qilish organlari harbiy xizmatchilari va xodimlari, shuningdek davlat, jamoatchilik va yoshlar tashkilotlarining vakillari ishtirok etishdi.
Dastlab Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyev O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrigini o’qib eshittirdi.


Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi munosabati bilan taqdirlangan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga davlat mukofotlarini topshirish hamda “Ilg’or mutaxassis”, “Eng ilg’or qo’shilma”, “Eng ilg’or oliy harbiy ta'lim muassasasi”, “Eng ilg’or serjantlar tayyorlash maktabi”, “Eng ilg’or mudofaa ishlari boshqarmasi” ko’rik-tanlovlarining g’oliblariga bayram sovg’alari topshirildi.

Shundan so’ng Vatan himoyachilari va ularning oila-a'zolar uchun farg’onalik taniqli san'atkorlar ishtirokida katta bayram kontserti namoyish etildi.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.

		
	


