Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 96 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TABRIK XATI

×

 2020-01-15 14:25:00    452

PDF yuklash
Chop etish


Hurmatli Shuhrat Madaminovich!

Sizni, Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamoasi va shaxsan o’z nomimdan Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashining qaroriga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan viloyat hokimi lavozimiga tayinlanganligingiz munosabati bilan chin dildan samimiy tabriklaymiz.

Siz respublikamiz yirik viloyatining rahbari sifatida Farg’ona viloyatini yanada rivojlantirish va xalqni rozi qilish yo’lida qat'iyat bilan ibratli ishlarga bosh bo’layapsiz.

Ayniqsa, milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichida o’zingizga bildirilgan yuksak ishonchni har tomonlama oqlab, muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan islohotlarning mazmun-mohiyatini teran his qilgan holda, ularni amalga oshirish yo’lida sabot va matonat namunalarini ko’rsatib, mamlakat tarixida muhim yangilanishlar va o’zgarishlar ro’y berayotgan mas'uliyatli davrda Yurtboshimizga yelkadosh bo’lib, yurtimiz ravnaqi uchun sadoqat bilan xizmat qilayotganligingiz har qanday tahsinu e'tirofga munosibdir.

Sizning ulkan tashkilotchi va rahbarlik fazilatlaringiz bugun Farg’ona viloyatida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlarida yaqqol namoyon bo’lmoqda. Siz kelgusida ham boy bilim va tajribangizni hudud va mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish, xalq farovonligini oshirish yo’lida to’la safarbar etishingizga ishonamiz.

Qadrli Shuhrat Madaminovich!

Farg’ona viloyati hokimi lavozimiga tayinlanganligingiz bilan yana bir bor qutlar ekanmiz, Sizga mustahkam sog’lik-salomatlik, kuch-quvvat, sharafli ishlaringizda katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Hurmat va ehtirom ila,

     Navoiy kon-metallurgiya  kombinati jamoasi nomidan    

     Quvondiq Sanaqulov, O’zbekiston Qahramoni