
 Farg'ona viloyati hokimi
	Hayrullo Hayitbayevich Bozarov 
		
				
				
		
		
			
		
		
		
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
	
	
		
		
	.
.
Saytni baholash
		KO’P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH: MUAMMO VA YECHIM
	
				
	
2020-01-25 18:13:36 411
O’tgan yilda “Ko’p kvartirali uylarni boshqarish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan bo’lib, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida, Jizzax va Marg’ilon shaharlarida ushbu qonun normalarini aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment o’tkazilyapti. Xo’sh, bugungi kunda bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
Marg’ilon shahrida mazkur qonun normalarini aprobatsiya qilish bo’yicha o’tkazilayotgan huquqiy eksperiment jarayonining dastlabki bosqichi yuzasidan o’tkazilgan o’quv –seminarda ana shu masalalarga alohida e'tibor qaratildi. Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Farg’ona viloyatidagi shahar va tuman hokimlarining kapital qurilish masalalari bo’yicha o’rinbosarlari, mas'ul korxona va tashkilotlar rahbarlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari raislari va professional boshqaruv kompaniyalari boshliqlari ishtirok etdi.

O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vaziri M.Saliyev, Farg’ona viloyati hokimining birinchi o’rinbosari F.Toshpo’latov, Marg’ilon shahar hokimi M.Ubaydullayev va boshqalar davlatimiz rahbari Oliy Majlisga murojaatnomasida urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirgan holda, hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoitini yaxshilash borasidagi muhim vazifalarni belgilab berganini ta'kidlab o’tdi.
Xususan, bugungi kunda ko’p qavatli, ko’p kvartirali uylardan foydalanishda ayrim muammolar o’z yechimini kutmoqda. Ko’p kvartirali uylarning texnik holatining qarovsiz qolishi, shirkat raislarining ajratilgan mablag’larni o’z ehtiyojlariga sarflab yuborishiga ko’z yumib kelingan edi. Keyingi uch yilda esa kommunal xizmat ko’rsatish sohasiga muhim e'tibor qaratilgani o’z samarasini bera boshladi. Bugungi kunda Farg’ona viloyatining 19 ta shahar va tumanlarida 3 ming 318 ta ko’p qavatli uy-joylar mavjud bo’lib, mazkur uylarga 300 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari xizmat ko’rsatib kelmoqda. 2010 yilda viloyatda 97 ta ko’p qavatli uylar ta'mirlangan bo’lsa, Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi tashkil etilganidan buyon 2017 yilda 505 ta, 2018 yilda 720 ta, 2019 yilda esa 1006 ta ko’p qavatli uylar joriy va mukammal ta'mirlandi.
“Ko’p kvartirali uylarni boshqarish to’g’risida”gi qabul qilingan yangi qonun umumiy mulk egalari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ushbu mulkdan samarali foydalanishga zamin yaratadi. Ayni kunlarda qonun normalarini aprobatsiya qilish yuzasidan Marg’ilon shahrida huquqiy eksperiment o’tkazilmoqda.

Bugungi kunda Marg’ilon shahridagi 16 ta mahalla fuqarolar yig’inlari hududida 291 ta ko’p qavatli uylarda 11 ming 962 ta xonadonlar mavjud. Mazkur uylarga 36 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari hamda 4 ta boshqaruv servis kompaniyalar tomonidan xizmat ko’rsatilmoqda. Huquqiy eksperiment o’tkazish bo’yicha shtab tashkil etilgan bo’lib, 6 ta ishchi guruhlar faoliyat olib bormoqda. Ishchi guruhlar tomonidan shirkatlar faoliyati, ko’p kvartirali uylarning texnik hamda moliyaviy-iqtisodiy holatlari to’liq xatlovdan o’tkazilmoqda. Bu jarayonda aholining ijtimoiy fikrlarini o’rganish, ular bilan bevosita ishlash, mulkdorlar tomonidan bildirilgan shikoyat, e'tiroz va takliflarni chuqur o’rganib chiqish, tahlil qilish, umumlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, ko’p kvartirali uylarning joylashuvi bo’yicha xarita va uylarni kadastr hujjatlarini ishlab chiqish hamda uylarga tutash hududlarni belgilagan holda har bir uyning pasporti yaratilmoqda.
O’rganishlar jarayonining birinchi bosqichda ko’p kvartirali uylarni boshqarishda bir qator muammolar aniqlandi. 16 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari raislari noqonuniy ravishda tayinlangan bo’lib, 15 ta shirkat raislarining muvofiqlik sertifikati mavjud emas. Shuningdek, sohada malakali mutaxassislar deyarli faoliyat ko’rsatmayapti. 36 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlar tomonidan 292 ta uylardan bir yilda 3,5 milliard so’m majburiy badallar yig’ilishi rejalashtirilgan bo’lsa-da, bugungi kunda atigi 2 milliard so’m majburiy badallar yig’ilgan xolos. Mulkdorlarning majburiy badaldan bo’lgan qarzdorligi 2,21 milliard so’mga oshib ketgan. Shirkatlarning davlat va boshqa tashkilotlardan bo’lgan qarzdorligi 7,09 milliard so’mni tashkil etib, shundan muddati o’tgan kredit qarzdorligi 6,59 milliard so’m, oylik ish haqlaridan bo’lgan qarzdorlik 449,9 million so’mni so’mni tashkil etmoqda. 9 ta shirkat moliyaviy holati o’ta nochor holatda.
O’quv-seminarida ko’p kvartirali uylarni boshqarishda qonun normalarini aprobatsiya qilish yuzasidan o’tkazilayotgan huquqiy eksperimentning dastlabki natijalari tahlil qilinib, muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

		
	


