
 Farg'ona viloyati hokimi
	Hayrullo Hayitbayevich Bozarov 
		
				
				
		
		
			
		
		
		
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
	
	
		
		
	.
.
Saytni baholash
		ISROILDA PREZIDENT MUROJAATINI TINGLADILAR
	
				
	
2020-01-25 18:34:22 406

O’zbekiston Respublikasi Prezidentinig Oliy Majlisga Murojaatnomasi Isroilda yashaydigan aslida O’zbekisonda tug’ilib o’sgan sobiq hamyurtlarimizda ham katta qiziqish uyg’otdi. Ular O’zbekistonning Isroildagi elchixonasi, “Do’stlik” uyi, millatlar saroyi va qiziqish klublarida uyushgan holda internet orqali O’zbekiston Prezidentininig Oliy Majlisga Murojaatnomasini tinglab tomosha qildilar.
- Biz O’zbekistonda ro’y berayotgan iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlarni e'tibor bilan kuzatib bormoqdamiz, - deydi Nargiza Qodirova. – Buni o’tgan yili tug’ilib o’sgan ona shahrim Farg’onaga borganimda o’z ko’zim bilan ko’rdim. O’zbekistonda investorlar uchun barcha sharoitlar yaratilibdi. Mening do’stlarim ertangi kunlariga ishonch bilan qaramoqdalar. Prezidentning Parlamentga Murojaatida qo’yilgan vazifalar O’zbekiston nufuzini jahon hamjamiyatida yanada yuqoriga ko’tarishi shubhasizdir. O’zbekiston va o’zbek xalqiga tinchlik va farovonlik tilayman.


		
	


