
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATI HOKIMI KUBOGI UCHUN
2020-01-30 18:22:45 428
Futbol muxlislariga yaxshi ma'lumki, har yili Farg’onada an'anaviy “Farg’ona viloyati hokimi kubogi” musobaqasi o’tkazib kelinadi. So’nggi yillarda ushbu turnir Xalqaro maqomiga ega bo’lmoqda. Boisi, bir necha yildirki, Farg’onadagi musobaqada qo’shni Qirg’iziston Respublikasidan ham futbol jamoalar ishtirok etishmoqda.

Mazkur turnirda 20 ta jamoa “yashil maydon”da to’p surishmoqda. Bulardan bittasi Qirg’izistondan (“O’sh Akademiya”), Andijon viloyatidan uchta ya'ni “Andijon” ikkita tarkib bilan va “O’z Tong Xo”, Namangandan “Navbahor”, Navoiy viloyatidan “Ittifoq” qolgan jamoalar esa Farg’ona viloyati futbolchilaridir.

26 yanvar kuni musobaqaga start berilgan bo’lsa shu kunga qadar 20 ta jamoa to’rt guruhga bo’lingan holda g’oliblik uchun kurash olib bormoqda. Ayni damda musobaqaning o’tgan yilgi g’olibi – Qo’qonning “Qo’qon-1912”, Farg’onaning “Neftchi” va “Istiqlol” hamda O’zbekiston tumanining “Turon” jamoalari ikkitadan g’alabani qo’lga kiritishdi. Musobaqa reglamentiga ko’ra, o’z guruhida birinchi va ikkinchi o’rinni qo’lga kiritgan jamoalar chorak finalga yo’llanma olishadi.

Bugun musobaqaning beshinchi kunida to’rtta o’yin bo’lib o’tdi. Kunning birinchi bahsida Uchko’prikning “Zafar” va Yozyovonning “Yozyovon lochinlari” jamoalari maydonga tushishdi. Yozyovon tumanidagi “Markaziy” stadionida bo’lib o’tgan bahs gollarga boy bo’lib, uchko’prikliklarning 4:3 hisobidagi g’alabasi bilan yakun topdi.

Bundan tashqari, Oltiariqning “Do’stlik” va Navoiyning “Ittifoq” jamoalari maydonga tushishi lozim edi. Ammo “Do’stlik” jamoasi reglamentga amal qilmagani uchun oltiariqliklarga texnik mag’lubiyat yozildi.
Kunning ikkinchi yarmida Farg’onaning “Neftchi” va O’zbekiston tumanining “Turon” jamoalari maydonga tushishdi. Keskin va qiziqarli kurashlar ostida o’tgan bahsda yaypanliklar 2:0 hisobda raqibidan ustun kelishdi.

“Qo’qon-1912” jamoasi esa Namanganning “Navbahor” klubidan 3:1 hisobida ustun keldi.
O’yinlar 7 fevralga qadar davom etadi. Shu kuni musobaqa g’olibi aniqlanadi.
Farg’ona viloyati hokimligining Axborot xizmati




