Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 167 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


HOKIMLAR POYTAXTDA TAHSIL OLAYOTGAN FARG’ONALIK YOSHLAR BILAN UCHRASHDILAR

×

 2020-01-31 19:10:27    443

PDF yuklash
Chop etish


Xabaringiz bor, Prezidentimiz 2019 yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda yoshlar bilan uchrashuv o’tkazgan edi.

Ushbu unutilmas uchrashuvda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning yangi mexanizmlarini hayotga tatbiq etish, 2020 yilda yoshlar bilan ishlashda Farg’ona tajribasini yaratish, navqiron avlod bugungi islohotlarda asosiy kuch sifatida namoyon bo’lishi zarurligi ta'kidlandi.

Kecha Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan farg’onalik talabalarning viloyat hokimi o’rinbosarlari va shahar-tumanlar hokimlari bilan uchrashuvida bu haqida alohida to’xtalib o’tildi. O’g’il-qizlarning talab va takliflari o’rganildi.

Bugungi kunda Toshkent shahridagi 36 oliy ta'lim muassasalarida yetti mingdan ortiq farg’onalik yoshlar taxsil olmoqda. Ularning o’qishni tamomlab, o’z sohalari bo’yicha munosib ish o’rinlarini topishlari uchun bugungi kunda viloyatimizda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada talabalarimiz qanday fikrda? Uchrashuvda ular ko’nglidagi gaplarni ro’yi-rost bayon qildilar. Talab va taklif, muammo va istaklarini rahbarlarga yuzma-yuz aytdilar.

Samimiy va do’stona ruhda kechgan uchrashuvda Farg’ona viloyati hokimining barcha o’rinbosarlari, 19 ta shahar-tuman hokimlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga viloyatimizdan saylangan deputatlar, O’zbekiston yoshlar ittifoqining barcha tuman va shahar Kengashlari raislari ishtirok etdilar.

Ochiq muloqotda aksariyat yoshlarning taklif va tashabbuslari qo’llab-quvvatlandi. Ko’tarilgan muammoli masalalarga yechim topildi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube