Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
YTTB PREZIDENTI SUMA CHAKRABARTI FARG’ONAGA TASHRIF BUYURDI
2020-03-04 15:21:01 450
Farg’ona viloyatining iqtisodiy qudrati va investitsion salohiyatini oshirishda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining hissasi bor. O’tgan davrda nufuzli muassasaning kredit liniyalari hisobidan viloyatda bir nechta loyihalar moliyalashtirildi. O’zaro hamkorlik samarasi natijasida bugun nafaqat ichki bozor raqobatbardosh mahsulotlar bilan to’lib bormoqda, balki viloyat eksport hajmi sezilarli darajada oshdi.
Viloyat hokimi Sh.G’aniyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O’zbekistondagi vakillari bilan rasmiy muloqotlar doirasida bank prezidenti Suma Chakrabartini Farg’ona viloyatiga taklif qilgan edi. Bugun Suma Chakrabarti Farg’onaga keldi. Uni viloyat hokimi Sh.G’aniyev kutib oldi.
“Farg’ona” xalqaro aeroportining rasmiy mehmonlarni kutib olish zalida bo’lib o’tgan dastlabki muloqot chog’ida viloyat hokimi Sh.G’aniyev viloyatning iqtisodiy salohiyati va investitsion muhiti, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kredit liniyalari hisobidan ajratilgan mablag’larning o’zlashtirilish jarayonlari haqida gapirib berdi.
O’tgan yili mazkur bank orqali viloyatimizda 45 ta loyiha tashabbuskorlari qo’llab-quvvatlandi. Misol uchun, Marg’ilon shahridagi “Ferlev” MChJning neft mahsulotlari sotib olish, Dang’ara tumanidagi “Real kabelinvest” korxonasining zamonaviy issiqxona tashkil qilish, Farg’ona shahridagi “Meridian diagnostic hospital” OAJning tibbiy asbob-uskunalar sotib olish loyihasi uchun bank kredit mablag’i o’zlashtirildi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti Marg’ilon shahridagi “Yodgorlik” va “Indorama Qo’qon tekstil” fabrikalari bilan tanishdi.
– Farg’onaga tashrifdan juda mamnunman, - dedi Suma Chakrabarti janoblari. – O’ziga xos tabiatga ega viloyat meni maftun etdi. Marg’ilon shahrida o’tkazilgan xalqaro “Atlas” va Qo’qondagi “Hunarmadchilik” festivali haqida avval eshitgandim. Bugun farg’onalik hunarmandlarning mahsulotlarini o’z ko’zim bilan ko’rib, kayfiyatim ko’tarildi. Men Farg’onani sevim qoldim, desam hech ajablanmang.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabartining Farg’onaga tashrifi chog’i unga O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzaqov hamrohlik qilmoqda.
Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati
Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube