
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
Fargʻona viloyati hokimligi Аxborot xizmatining BILDIRISHI

2020-03-23 15:04:30 498
Ijtimoiy tarmoqlarda Qoʻqon shahrida sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari shahar hokimi M.Usmonov olib bergan xlor (1000 kg) yordamida dezinfeksiya ishlarini olib borayotganligi haqidagi xabar berilgan.
Mazkur axborot yuzasidan shuni maʼlum qilamizki, Fargʻona viloyati hokimligi viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga 2 mlrd .soʻm miqdorida mablagʻ ajratgan boʻlib, hozirda barcha shahar va tumanlardagi bozorlarda, chegara hududlaridagi oʻtish joylarida jadallik bilan olib borilayotgan dezinfeksiya ishlariga ana shu mablagʻ qaratilgan. Koʻp qavatli uylarning yoʻlaklari ham dezinfeksiyalanadi.
Bugungi holatga koʻra xatto geografik anklav boʻlgan Soʻx tumani va Shohimardon qishloqlaridagi barcha xonadonlar, aholi toʻplanishi mumkin boʻlgan joylar yuz foiz dezinfeksiyalangan.
Qoʻqon shahar hokimi M.Usmonov tomonidan dezinfeksiya qilish uchun olib berilgan 1000 kg xlor shahar hokimining shaxsiy mablagʻidan emas, balki byudjet mablagʻlari hisobiga amalga oshirilgan.
Fargʻona viloyati hokimligi Аxborot xizmati
Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube