Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Turkiyaning Istanbul shahridan Fargʻona viloyatiga olib kelingan fuqarolarni qabul qilib olish va joylashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida BILDIRISH

×

 2020-03-25 17:15:49    559

PDF yuklash
Chop etish


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29-yanvardagi PF-5537-sonli Farmonida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash, viloyat hududiga koronavirus infeksiyasini kirib kelishini oldini olish boʻyicha profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar belgilangan talablar asosida amalga oshirib kelinmoqda.

Joriy yil 25-mart kuni soat 07-30 da “Istanbul-Fargʻona” charter reysi orqali Turkiyaning Istanbul shahridan jami 244 nafar (113 erkak, 118 ayol, 13 voyaga yetmagan, ulardan 1-nogiron, 2-ikki yoshgacha boʻlgan bolalar, shundan 243 nafari Oʻzbekiston fuqarolari va 1 nafari Qozogʻiston fuqarosi boʻlgan ayol) fuqarolar Fargʻona xalqaro aeroportida kutib olindi.


Fargʻona xalqaro aeroportida mazkur fuqarolarda belgilangan sanitariya talablari asosida zararsizlantirish ishlari oʻtkazildi. Tekshiruv natijasida tana harorati yuqori boʻlgan fuqarolar aniqlanmadi.

Turkiyaning Istanbul shahridan Fargʻona viloyatiga olib kelingan fuqarolar maxsus ajratilgan 12 ta avtobus va 2 ta yuk mashinasida endemik davlatlardan olib kelingan fuqarolarni joylashtirish maqsadida tayyorlangan Oltiariq tumanidagi “Qiziltepa” faxriylar sihatgohiga joylashtirildi va toʻliq tibbiy kuzatuvga olindi.

 Fargʻona viloyati hokimligi Аxborot xizmati

FacebookTelegramVeb saytYouTube