Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 81 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BARCHAMIZ JIPSLASHSAK, KORONAVIRUSNI ALBATTA YENGAMIZ

×

 2020-03-27 21:21:01    450

PDF yuklash
Chop etish


Ma'lumki, bugungi kunda koronovirus infeksiyasi dunyoning 190 dan ziyod davlatlariga tarqalib, kasallanganlar soni 537 mingdan, vafot etganlar 21 mingdan oshdi. Mamlakatimizda ham virus bilan kasallanganlar 27 mart kuniga kelib 88 taga yetdi.

Afsuski, ushbu kasallik viloyatimizni ham chetlab o’tmadi. Hozirgi kunda viloyatda 6 nafar hamyurtlarimiz koronavirusdan aziyat chekmoqda. Ularning 5 nafari Yozyovon tumanida istiqomat qiluvchi bir oila a'zolari ekanligi tashvishlanarlidir.

Shu kunlarda viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev shahar-tumanlarda bo’lib, koronavirus pandemiyasi bilan bog’liq holatlarni o’rganmoqda. Viloyat sektorlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, mahalliy hokimliklar mutasaddilari ishtirokida aholi vakillari bilan o’tkazilayotgan profilaktik suhbatlarda bu borada mamlakatimizda joriy etilgan tartib-qoidalar tushuntirilyapti. Bugungi sinovli kunlarda barchamiz jipslashsak, koronavirusni albatta yengishimiz ta'kidlanmoqda.

27 mart kuni viloyat hokimi Shuhrat G’aniyevni Yozyovon tumanida uchratdik. Viloyat rahbari tumanning chegara hududida joriy etilgan karantin postida viloyatimiz aholisiga murojaat qildi.

Aziz farg’onaliklar!

Ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali barchamiz koronavirus pandemiyasi bilan bog’liq jarayonlarni kuzatib bormoqdamiz.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va hukumatimiz tomonidan bu ofatdan xalqimizni asrash bo’yicha ta'sirchan chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Shu yilning 26 mart kuni davlatimiz rahbari tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishni kuchaytirish masalalariga bag’ishlangan navbatdagi videselektor yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda ayni vaziyatdan kelib chiqqan holda bir qator ustuvor vazifalar belgilandi.

Fidoyi shifokorlarimizning bugungi faoliyati jang maydonidagi qahramonlikka tenglashtirildi. Bu soha xodimlari mehnatini munosib rag’batlantirish maqsadida 5 million so’mdan 100 million so’mgacha bo’lgan mukofot pullarini berish tartibi joriy etildi. Haqiqatdan ham bugungi kunda koronovirus infeksiyasiga qarshi kurashish faoliyatiga jalb etilgan har bir mutaxassisning fidoyiligi qahramonlikdir.   

Bu borada viloyatimizda ham 4 ta sektor, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari hududlarga biriktirildi. Aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar o’tkazish orqali vahima va sarosimaga hojat yo’q ekanligi tushuntirilyapti. Shahar-tumanlardagi mavjud holat sektorlar kesimida tibbiyot, sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi markazi mutaxassislari, mahalliy hokimliklar ishtirokida o’rganilyapti.

Bugungi kun holatiga 6 ta koronovirus infeksiyani yuqtirish holati aniqlangan. Viloyatdagi 2 ta sanatoriyda xorij davlatlaridan charter reyslari orqali olib kelingan 600 nafar O’zbekiston fuqarolari karantin muddatini o’tamoqda. Viloyatimizda istiqomat qiluvchi 1870 nafar aholi kasallikka chalinganlar bilan birlamchi va ikkilamchi aloqada bo’lganlikda gumon qilinib, ularning 670 nafari shifoxona sharoitida profilaktik nazoratda turgan bo’lsa, 1200 nafari uy karantiniga olingan.

Ta'kidlash joizki, viloyatda vaziyat barqaror. Viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan masofadan ishlovchi maxsus jihozlangan transport vositalari doimiy harakatda. Sanitariya-gigiyena osoyishtaligi bo’yicha tuzilgan targ’ibot guruhlari hududlarda tushuntirish ishlarini davom ettirmoqda.

Xalqimiz televideniye va ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam ravishda amalga oshirilayotgan targ’ibot ishlari tufayli koronavirus infeksiyasi va undan himoyalanish borasida yetarli ma'lumotga ega bo’lmoqda.

Hurmatli hamyurtlar!

Oila a'zolarimiz, ayniqsa, nuroniylar va farzandlar uchun bugun uy eng xavfsiz joy hisoblanadi. Tadbirkorlik sub'ektlari, korxona-tashkilotlar faoliyati bir maromda davom etmoqda. Bozorlarda narx-navo oshib ketishidan xavotirga tushishga mutlaqo asos yo’q. Oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa kundalik zaruriy mahsulotlar zaxirasi to’liq shakllantirilgan.

Qishloq xo’jaligi yumushlari o’z muddatida bajarilib, viloyatning barcha hududlari, xususan, Yozyovon tumanida ham chigit ekilmoqda, mevali bog’lar barpo etilyapti. 

Ta'limda ta'til e'lon qilingan shu kunlarda ota-onalar zimmalaridagi mas'uliyatni jiddiy his etishlari zarur. Bunday paytda insonlarni ezgulikka chorlovchi, ezgu fazilatlarni shakllantiruvchi kitob mutolaasi eng yaxshi davo ekanligini yodimizdan chiqarmaylik. Ulug’ ajdodlarimiz, tarixiy shaxslar haqida juda yaxshi kitoblar chop etilgan. Zamonamiz yozuvchi-shoirlarini maroq bilan o’qishga tavsiya etish mumkin bo’lgan asarlari juda ko’p.

Kuni kecha 86 yoshida vafot etgan O’zbekiston xalq shoiri Oxunjon Hakimovning aynan bugungi kun ruhiyatiga mos bo’lgan tarbiyaviy ahamiyatga ega she'riy misralarini takror va takror o’qish mumkin. Bu kabi sinovli kunlarda adabiyot hayot mazmun-mohiyatini anglatuvchi ulkan saboqdir.

Muhtaram farg’onaliklar!

Hozirgi kunda viloyatimizda 430 ming nafardan ziyod hamyurtlarimiz pensiya va nafaqa puli oladi. Yolg’iz keksalar, kam ta'minlangan va boquvchisini yo’qotgan oilalar davlatimizning alohida e'tiborida. Har bir fuqarosi hayoti va sog’ligi uchun qayg’uradigan davlatimizga bugungi mushkul vaziyatni yengishda kamarbasta bo’lishimiz lozim.

O’z burchini sidqidildan bajarayotgan mutaxassislarning maslahatlariga quloq solaylik. Karantin tartib-qoidalariga rioya etib, maxsus niqobdan foydalanaylik. Niqob ruhan sog’lom bo’lib, virusni yengishda ko’maklashadi. Chunki kasallikdan saqlanishda hammasi o’zimizga bog’liq. O’zimizni asrash orqali oilamiz, yaqinlarimiz va jamiyatimizni asragan bo’lamiz.

Xulosa o’rnida aytish mumkin, bugungi vaziyat har kuni, har daqiqa Prezidentimiz va hukumatimiz nazoratida turibdi. Mamlakatimiz bunday xavf-xatarlarga qarshi kurashishda qudratli salohiyatga ega. Shu bois xavotirlanish uchun hech bir asos yo’q!


Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati
Facebook
TelegramVeb saytYouTube