
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG'ONADAN YANA BIR KARVON YO'LGA CHIQDI VA 5 MLRD SO'M AJRATDI
2020-05-04 09:47:30 307
Bugun, 3 may kuni erta tongda qurilish materiallari ortilgan 47 ta katta hajmli ogʼir yuk mashinalari karvoni Fargʼonadan Sirdaryoga joʼnatilgan edi. Unda sement, shifer, qurilish oynasi, yuvilgan qum, pishgan gʼisht kabi qurilish ishlari uchun birlamchi zarur materiallar boʼlgan. Kunning ikinchi yarmida esa oziq-ovqat mahsulotlari yuklangan mashinalar karvoni fargʼonaliklarning yordami sifatida Sirdaryo viloyatiga yuborildi.
Shunday qilib, kecha va bugun Fargʼonadan Sirdayorga 1 mlrd 59 mln soʼmlik xayriya yordami joʼnatildi. Bundan tashqari xalq deputatlari Fargʼona viloyati kengashi mahalliy byudjet qoʼshimcha mablagʼlari hisobidan 5 mlrd soʼm Sirdaryo viloyatidagi tabiiy ofatni bartaraf etish jamgʼarmasi hisobiga oʼtkazib berish haqida ham qaror qabul qildi.
Fargʻona viloyati hokimligi Аxborot xizmati
Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube