
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA BEMORLAR SONI YANA 5 KISHIGA KAMAYDI!

2020-05-09 17:10:28 311
Bugun, 9 may kuni Farg’ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan yana 5 nafar bemor kassalikdan butunlay forig’ bo’lib, salomatliklarini mustahkamlash uchun reabilitatsiyaga kuzatildi.
Kasallikni davolashda muvaffaqiyatga erishayotgan mamlakatlar qatorida bo’lishda tibbiyot xodimlarining fidoyiligi, davlat va xalqning jipslikdagi harakati sabab bo’lmoqda.


Tuzalib chiqqanlarning 3 nafari Rossiyadan, 2 nafari esa Germaniya-Rossiya-Qozog’iston uzoq masofaga qatnovchi xalqaro yuk avtomashinasida kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan.
Ularning barchasi erkak bo’lib, 3 nafari Farg’ona viloyatidan, 2 nafari esa Buxoro viloyatidan.
Viloyatda shu paytga qadar 131 nafar bemor sog’aygan bo’lsa, endilikda ular 136 nafarga yetdi.

Ayni paytda mamlakatimiz bo’ylab koronavirus infektsiyasidan butunlay sog’ayganlar soni 1780 nafarni tashkil etmoqda.
Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati