
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FAXRIYLAR HAMISHA E'TIBORDA

2020-05-09 17:40:02 392
9 may kuni ikkinchi jahon urushida qozonilgan G’alabaning 75 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ishtirokida o’tkazilgan videoselektorda farg’onalik bir guruh urush faxriylari ham ishtirok etdi.


Davlatimiz rahbari yurt ozodligi va tinchligi uchun kurashgan, shafqatsiz janglarda mardlik va jasorat namunalarini ko’rsatgan, bugungi kunda farzandlari, nevara-chevalari davrasida umrguzaronlik qilayotgan duogo’y nuroniylarni bayram bilan tabriklab, ularga samimiy tilaklarini bildirdi.


Tabrik olqishlar bilan qarshi olindi.
Keksayib qolgan bo’lsalar-da, qalblarida o’sha olovlik yillarning shiddati sezilib turgan urush faxriylari Prezidentimizning e'tibori va e'zozi, cheksiz g’amxo’rliklari uchun minnatdorchilik so’zlarini dillaridan tillariga ko’chirdilar. Qo’llarini duoga ochishdi.
Videoselektorda ishtirok etgan viloyat hokimi Sh.G’aniyev ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini tabriklab, ularga bayram sovg’alarini topshirdi. Viloyat hokimi qahramon otalarimiz jasorati unutilmasligi, ularning hayoti hamisha biz uchun ibrat maktabi bo’lishini, nuroniylarimiz nasihati va o’gitlari tinch-osoyishta, farovon kunlarimizda doimo asqotishini alohida ta'kidladi.


Yurt tinchligi, osuda hayotimiz uchun mardonavor kurashgan otalarimiz sharafiga to’kin dasturxon yozildi.


Viloyatimizning taniqli san'atkorlari ishtirokida bayram kontserti namoyish etildi.


Qo’shiqlarda tinchlik, bugungi baxtli hayotimiz tarannum etildi.



Shu kuni viloyat hokimi Sh.G’aniyev, Sharqiy harbiy okrug qo’mondonligi, viloyat kuch ishlatar tuzilmalari rahbarlari tomonidan Farg’ona shahridagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo’yildi.


Ikkinchi jahon urushidan qaytmagan jangchilarning tabarruk nomlari yozilgan Xotira kitoblari varaqlandi.
Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati