Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 70 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QURILISH TEXNIKALARI: IMTIYOZDAN FOYDALANING!

×

 2020-05-23 13:37:08    440

PDF yuklash
Chop etish


Bugun yurtimizning barcha hududlarida bunyodkorlik ishlari avj olgan. Ammo ko’plab qurilish tashkilotlarini texnika yetishmasligi masalasi qiynab kelayotgandi. Buning uchun asosiy texnika vositalari xorijdan keltirilar, bojxona to’lovlari esa juda qimmat edi. Egaridan tushovi qimmat bo’ladigan bu qurilish texnikalarini xarid qilish yirik korxonalarga ham og’ir tushardi. Endilikda bu muammolar hal etildi.

Urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish, aholining uy-joyga bo’lgan talabini qondirish hamda qurilish pud-rat tashkilotlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida davlatimiz rahbarining 19 mayda “Hududlarda ko’p qavatli binolar qurish ishlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, quyidagilar bojxona to’lovlaridan (qo’shimcha qiymat solig’i va bojxona rasmiylashtiruvi yig’imlaridan tashqari) ozod etiladi:

2020 yil 1 iyuldan 2023 yil 1 iyulgacha bo’lgan muddatda ko’p qavatli monolit uy-joylar qurish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro’yxatga muvofiq import qilinadigan beton quyish qoliplari, beton tayyorlash mashina va mexanizmlari.

2021 yil 1 yanvargacha bo’lgan muddatda import qilinadigan yangi qurilish va maxsus texnikalar hamda yuk tashish transport vositalari 27 turdagi.

Bojxona to’lovlarini to’lovchilar 2020 yil 1 iyuldan 2023 yil 1 iyulgacha bo’lgan muddatda import qilinadigan qurilish sohasida foydalaniladigan mashina va mexanizmlar, texnologik jihozlar, kichik mexanizatsiya vositalari, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar bo’yicha bojxona to’lovlarini (qo’shimcha qiymat solig’i va bojxona rasmiylashtiruvi yig’imlaridan tashqari) 120 kungacha kechiktirib yoki bo’lib-bo’lib to’lash huquqiga ega bo’ladi.

2021 yil 1 yanvarga qadar bojxona to’lovlaridan (qo’shilgan qiymat solig’i va bojxona rasmiylashtiruvi yig’imlaridan tashqari) ozod etiladigan, import qilinadigan yangi qurilish va maxsus texnikalar hamda yuk tashish transport vositalari

R O’ Y X A T I

T/r Qurilish va maxsus texnikalar, yuk tashish transport vositalari nomi TIF TN KODI


1. Mexanik yo’l bilan (qo’lda) yo’l chiziqlarini chizish mashinasi 8424890009

2. Elektr dvigatel orqali boshqariladigan telfer (lebedka) 8425110000

3. Ko’tarish moslamasi (domkrat) 8425490000

4. Bir kovushli yuk ko’taruvchi ekskavator, bir tomonlama buriladigan 8429519900

va burilmaydigan buldozer (5 kub. m gacha bo’lgan kovush hajmi)   8429521009

5. Buldozer (quvvati 200 ot kuchidan kam bo’lgan) 8429110090

6. Bir kovushli g’ildirakli mini-yuklagich (5 kub. m gacha bo’lgan qovush hajmi) 8429519900

7. Old yuk ko’taruvchi, yuklovchi (5 kub. m gacha bo’lgan kovush hajmi) 8429519900

8. Mini yuk ko’taruvchi (5 kub. m gacha bo’lgan kovush hajmi) 8429519900

9. Mini yuk ortuvchi (aylanuvchi bortli) (5 kub. m gacha bo’lgan kovush hajmi) 8429519900

10. Gidrobolg’ali, gidrotizimli o’zi sudralib yuruvchi (gusenichnыy) ekskavator (2 kub. m gacha bo’lgan kovush hajmi) 8429521009

11. O’zi sudralib yuruvchi (gusenichniy) ekskavator (2 kub. m gacha bo’lgan qovush hajmi) 8429521009

12. Gidrobolg’ali, gidrotizimli yuklovchi ekskavator (5 kub. m gacha bo’lgan kovush hajmi) 8429529000

13. Gidrobolg’adan foydalanishda qo’llaniladigan g’ildirakli gidrotizimli ekskavator (5 kub. m gacha bo’lgan kovush hajmi) 8429529000

14. G’ildirakli ekskavator (5 kub. m gacha bo’lgan kovush hajmi) 8429529000

15. Manipulyator boshqaruvli kranli yuk mashinasi 8704239109, 8704229109

16. Dizel yoqilg’isida harakatlanuvchi sement tashuvchi yuk mashinasi 8704239109, 8704229109

17. Sement tashuvchi yuk mashinasi 8704239109, 8704229109

18. Past ramali og’ir yuk mashinasi 8704239109, 8704229109

19. Dizel yoqilg’isida harakatlanuvchi yuk mashinasi (samosval) 8704239109, 8704229109

20. Avtokran (yuk ko’tarish quvvati 50 tonnagacha bo’lgan) 8705100090

21. Manipulyator boshqaruvli kran 8705100090

22. Beton aralashtiruvchi yuk mashinasi 8705400000

23. Avtobetononasos 8705903000

24. Avtominora (avtovishka) 8705908007

25. Purkagichli (bitum va boshqalar) maxsus yuk mashinasi 8705908007

26. Vakuumli tozalovchi, yuvuvchi maxsus mashina 8705908007

27. Yotiq yo’l belgilarini chizish maxsus mashinasi 8705908007



Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati
FacebookTelegramVeb saytYouTube