Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA ENG RIVOJLANGAN, BARCHA HAVAS QILADIGAN HUDUDGA AYLANADI

×

 2020-09-29 14:56:59    462

PDF yuklash
Chop etish


Bugun, 29 sentyabr kuni viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan kengaytirilgan videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda sektor rahbarlari, viloyat hokimi o’rinbosarlari, tashkilot va boshqarmalar rahbarlari, deputatlar va ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, shahar, tuman studiyalarida faollar ishtirok etdi.

Yig’ilishni viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Xayrullo Bozorov ochdi va olib bordi.

Viloyatdagi sektorlar, tashkilot va boshqarmalar rahbarlari endi ochiqlik asosida ishlaydi. Aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish barobarida ijtimoiy tarmoqlar orqali ham murojaatlarni qabul qiladi. Kabinetda o’tirmasdan hududlarga borib, yo’nalishlar bo’yicha muammolarni o’rganadi, ularni hal etish choralarini ko’radi.Bu haqda viloyat rahbari ilk bor faollar bilan bo’lib o’tgan yig’ilishda so’z yuritdi.

Viloyatda barcha sohalarda ulkan salohiyat bor. Undan samarali foydalanish esa aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyatga egadir. Hozirda mavjud imkoniyatlar to’liq ishga solinmayapti. Ayniqsa, bugungi pandemiya davrida insonlar salomatligini asrash bilan birga iqtisodiyotni rivojlantirish zarur. Viloyat rahbari tadbirkorlikni rivojlantirish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ko’makchi va yelkadosh bo’lish ustuvor vazifa sifatida belgilanganligini qayd etib o’tdi.

Viloyat, shahar va tumanlarda “Tadbirkorlar uyi” tashkil etilib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish borasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Bir so’z bilan aytganda, tadbirkorning muammosi shu yerda yechim topadi. Istiqbolli loyihalar, biznes-rejalar ishlab chiqiladi.

Viloyat rahbari tadbirkorlar bilan ishlash, hududlarni obod etish, aholi bandligini ta'minlash, uy-joy qurilishi va boshqa sohalarda olib borilayotgan ishlarning talab darajasida emasligini misollar orqali bildirdi.

Birinchi marta mamlakatimizdagi tuman va shaharlardagi iqtisodiy ko’rsatkichlar, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash muhiti, infratuzilma va mavjud resurslardan foydalanish darajasi o’rganilib, tahlillar asosida ulardagi tadbirkorlik rivoji holati “yaxshi”, “o’rta” va “qoniqarsiz” hududlarga ajratildi. Afsuski, viloyatdagi Furqat, Yozyovon va Qo’shtepa tumanlari “qoniqarsiz” deb topilgan. Ayni kunlarda mazkur hududlardagi muammolarni hal etish tadbirlari ishlab chiqilmoqda.

Kambag’allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalar uchun daromad manbaini topib berishga yordam berish barcha sektor rahbarlarining kundalik ish tartibidan joy olishi kerakligi ta'kidlandi.

-Dastlab Farg’ona, Qo’qon shaharlarida “xalq nazorati” platformasini ishga tushirishni rejalashtirganmiz, -deydi viloyat hokimi Xayrullo Bozorov.-Aholi uchun bu muloqot maydoni bo’ladi. Ular hududdagi muammolarni bemalol ayta olsin. Mutasaddi rahbarlar esa ularni hal etish choralari ko’rishi lozim. Shuningdek, matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda xolis, asosli tanqid bo’lsa, biz bemalol qabul qilamiz.

Shuningdek, viloyat rahbari ta'lim, tibbiyot, mahalla, qishloq xo’jaligi kabi sohalardagi mavjud holatni chuqur tahlil qildi. Shahar va tuman studiyalarida ishtirok etgan faollarning viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ustuvor maqsad va vazifalarni amalga oshirishda muhim o’rni bor ekanligi ta'kidlab o’tildi.


Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube