
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
UMMON SULTONLIGINING “ATYAB FOODTECH” LLC KOMPANIYASI MENEDJERI MOXSINUDDIN SAID FARG’ONA VILOYATIGA TASHRIF BUYURDI

2020-11-12 17:51:07 289

Tashrif davomida viloyatning yirik eksportyorlari bilan uchrashish, hamda amalga oshiriladigan loyiha uchun ajratilishi belgilangan bino-inshootlarini ko’zdan kechirish rejalashtirilgan.
Dastlab, Oltiariq tumanidagi “Far Meva Oltiariq” MChJ korxonasiga tashrif buyurildi. Mutaxassislar rejalashtirilayotgan laboratoriya hamda xalqaro sertifikatlash markazi bo’yicha ma'lumotlar berishdi. Tadbirkor tomonidan kelajakda YEvropa bozorlariga kirish istagi borligi va xalqaro sertifikatlarga ehtiyoj borligi ta'kidlandi.

Uchko’prik tumanidagi “Mexrigiyo” MChJning tsitrus mevalar va o’simliklardan shifobaxsh ekstraktlar olish loyihasi bilan tanishildi. Mazkur korxona vakili ham hozirda BAA importyorlari bilan 15 yilga savdo kelishuvi imzolagani va ISO sertifikati olishda qiyinchiliklarga duch kelayotganini ta'kidladi.
Qo’shtepa tumanidagi “Shukr Davlat” fermer xo’jaligi sut mahsulotlarini qayta ishlash korxonasiga borilganda 1000 dan ortiq qoramol parvarishlanayotgan fermer xo’jaligi rahbari xorijlik mutaxassisdan sut mahsulotlari turini kengaytirish va sifatini oshirish bo’yicha konsultatsiya olish istagini bildirdi.

Farg’ona shahridagi Koreya kapitali ishtirokidagi “Uzsegang” MChJ qo’shma korxonasi boshqaruvchisi tomonidan YEvropa davlatiga mevalar yetkazib berish bo’yicha shartnoma imzolangani va hozirda “Global Gap” xalqaro sertifikati olishda qiyinchiliklar yuzaga kelganini bildirdi. Xorijlik mutaxassis bu borada dastlabki maslahatlarni berdi va tomonlar hamkorlikni boshlashga kelishib oldilar.
Kuning yakunida Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyida” Farg’ona viloyati xokimi o’rinbosari M.Abdurahmonov bilan uchrashuv o’tkazildi.
Xokim o’rinbosari tomonidan “Atyab Foodtech” LLC kompaniyasi menedjeri Moxsinuddin Saidga loyihani amalga oshirishda hokimlik tomonidan barcha zaruriy yordam ko’rsatilishi bildirildi.