Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 150 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


AHOLIGA BEPUL VA ARZON DORI-DARMON VOSITALARI

×

 2017-05-23 18:14:11    404

PDF yuklash
Chop etish


bunda urush qatnashchilari va faxriylarga alohida e’tibor qaratilmoqda Mamlakatimizda yoshi ulug’ insonlarga izzat-ikrom, ehtirom ko’rsatish, jamiyatda tinchlik,  totuvlik va barqarorlik muhitini mustahkamlashga bebaho hissa qo’shgan keksa avlod vakillari, urush va mehnat faxriylarini e’zozlashga juda katta e’tibor qaratilmoqda.

Ikkinchi jahon urushida halok bo’lgan yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan, og’ir kunlarni sabr-bardosh bilan enggan faxriylarimizga yuksak ehtirom, mehr-oqibat ko’rsatish davlatimizning hamisha e’tibor markazida bo’lib kelmoqda.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning 2017 yil 4 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag’batlantirish to’g’risida”gi Farmoni va “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori nuroniylarga ko’rsatilayotgan e’tibor va g’amxo’rlikning amaldagi ifodasi bo’ldi.

Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilariga ikki million so’mdan bir martalik pul mukofoti, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan engil avtomashinalarni navbatsiz xarid qilish imkoniyati berildi. Sotib olingan avtoulovlarga birinchi va ikkinchi texnik xizmatlar bepul ko’rsatilishi ham alohida e’tiborga molik. Bundan tashqari, yoshi ulug’ insonlarni uy-joy bilan ta’minlash, xonadonlarida zarur sharoitlar yaratish, ta’mirlash borasida ham davlatimiz doimiy g’amxo’rlik qilmoqda.

“Farg’ona Dori-Darmon” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan ham viloyatimizdagi ikkinchi jahon urushi qatnashchilari sog’liqlarini muhofaza qilish, dori-darmonlarga bo’lgan ehtiyojlarini qisman bo’lsa ham ta’min etish maqsadida xayriya sifatida 156 nafar ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 21 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlardan tashkil topgan dori-darmon qutilari to’plami tarqatildi.

Jamiyat xodimlari Marg’ilon shahridagi 12 nafar ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadonlariga borib, ularning holidan xabar oldi, dori-darmon qutilarini va sovg’alarini topshirishdi. Ko’rsatilayotgan g’amxo’rliklar uchun nuroniylarimiz Prezidentimizga o’z minnatdorchiliklarini bildirishdi, ezgu tilaklar bilan duolar qilishdi.

Oltiariq tumanining Qiziltepa hududida joylashgan “Mehnat va urush faxriylari” sihatgohida respublikamiz viloyatlaridan kelib dam olib, o’z sog’liqlari tiklayotgan faxriylarga “Farg’ona Dori-Darmon” aktsiyadorlik jamiyatiga qarashli maxsus jihozlangan “Damas” rusumli avtomashinada ko’chma dorixona xizmat ko’rsatishi yo’lga qo’yildi.

Aktsionerlik jamiyatining Farg’ona shahrida 1 va 2-sonli, Qo’qon shahrida 3-sonli, Dang’ara tumanida 4-sonli, O’zbekiston tumanida 6-sonli, Yozyovon tumanida 7-sonli, Rishton tumanida 8-sonli, Uchkuprik tumanida 9-sonli, So’x tumanida 10-sonli, Bog’dod tumanida 11-sonli,  jami 10 ta dorixona hamda viloyatimizning  qishlok xududlarida 123 ta dorixona shaxobchalari (shundan 100 ta shaxobcha 11 ta tumandagi QVPlar qoshida) faoliyat ko’rsatadi. Shuningdek, 1 ta ko’chma dorixona “ISUZU” rusumli avtomashinada va 9-ta ko’chma dorixona shaxobchasi maxsus jihozlangan “Damas” rusumli avtomashinada viloyatimizning chekka, uzoq hududlarida aholining dori vositalari va tibbiy buyumlarga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun xizmat ko’rsatmoqda.

Viloyatimiz aholisini va barcha davolash profilaktika muassasalarini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashda  jamiyatimiz tizimidagi ijtimoiy dorixonalar alohida o’rin tutadi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 apreldagi 2-sonli yig’ilish bayoniga asosan Dasturga kiritilgan  jamiyatimizga qarashli viloyat, tumanlardagi 8 ta markaziy dorixonalar qoshida  ijtimoiy dorixonalar tashkil etish rejalashtirilgan bo’lsa, amalda 10 ta ana shunday dorixonalar tashkil etildi. Joriy yilda   yana 7 ta tuman markaziy shifoxonalariga yaqin manzillarda ijtimoiy dorixonalar aholiga xizmat ko’rsatishi rejalashtirilgan.

Bu ijtimoiy dorixonalarning asosiy vazifalaridan biri ambulatoriya   davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqiga ega bo’lgan 13 toifadagi shaxslarni bepul va arzon dori-darmon vositalari bilan ta’minlashdan iborat.