Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 84 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O’RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI – MUHIM BO’G’IN bu borada umumta’lim maktablari bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga to’liq qamrab olish g’oyat ahamiyatlidir

 2017-05-25 15:29:48    603

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 maydagi “2017G’2018 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasining o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o’qishga qabul qilish to’g’risida”gi qarori ta’limning ushbu muhim bo’g’iniga umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini jalb etish, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo’nalishlari va ixtisosliklari bo’yicha kasbiy tayyorgarlangan mutaxassislarga bo’lgan talabini samarali qondirishning muhim dasturilamali bo’lib xizmat qilayotir.

Joriy o’quv yilida viloyatdagi umumta’lim maktablarining 9-sinflarini tamomlayotgan 46069 nafar bitiruvchilarni akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga to’liq qamrab olish  ko’zda tutilgan bo’lib, 2017 yilning 1 iyunidan boshlab viloyatda 9 ta akademik litsey, 147 ta kasb-hunar kollejlari faoliyat yuritishi belgilangan.

Viloyatimizda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida o’quv jarayoni sifati va samaradorligi tubdan oshirilib, umumta’lim maktablari bitiruvchilarining tanlangan kasblar va mutaxassisliklarni egallashga bo’lgan ehtiyojini qondirishga qaratilga shart-sharoitlar yanada kengaytirilmoqda, – deydi viloyat o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi boshlig’i Ma’rufjon Xoldorov. –Xususan, Farg’ona davlat universiteti qoshidagi 2-sonli akademik litseyi –Farg’ona politexnika kasb-hunar kollejiga, Qo’qon davlat pedagogika instituti qoshidagi Qo’qon akademik litseyi – Qo’qon sanoat va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejiga, Toshkent tibbiyot akademiyasi  Farg’ona filiali qoshidagi Bag’dod akademik litseyi – Bag’dod politexnika kasb-hunar kollejiga aylantirildi. Toshloq ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji –Toshloq engil sanoat va servis kasb-hunar kollejiga, Buvayda iqtisodiyot kolleji – Buvayda iqtisodiyot va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejiga ixtisoslashtirildi. Hozirda qayta ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zarur o’quv-laboratoriya jihozlari, o’quv-metodik adabiyot va qo’llanmalar hamda malakali pedagoglar bilan ta’minlash choralariga e’tibor qaratilgan.

Viloyatda umumta’lim maktablari bitiruvchilarining 2736 nafari rus sinflarini tamomlayotganligini hisobga olib, ularni etarli salohiyatga ega bo’lgan va rus tilidagi adabiyotlar bilan ta’minlangan Farg’ona, Qo’qon va Marg’ilon shaharlarida akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul qilish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, rus guruhlari tashkil etishga imkoniyati  mavjud bo’lgan Quvasoy sanoat, Beshariq ijtimoiy-iqtisodiyot, Beshariq tibbiyot, Rishton sanoat, Quva tibbiyot, Bag’dod qishloq xo’jalik kasb-hunar kollejlari singari ta’lim muassasalari ro’yxati shakllantirildi.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida muntazam ravishda o’tkazib kelinayotgan “Ochiq eshiklar kuni”  bitiruvchilarning o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga to’liq  qamrab olinishi va ularning ta’lim yo’nalishlarini to’g’ri tanlashlariga ko’maklashishda amaliy ahamiyat kasb etayotir.

Mazkur jarayonda individual ta’limga ehtiyojmand bo’lgan bolalar va Mehribonlik uylari bitiruvchilariga shart-sharoit yaratish, shuningdek, umumta’lim fanlari bo’yicha respublika olimpiadalarida 1-5- o’rinlarni qo’lga kiritgan umumta’lim maktablari bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga mos yo’nalishlar bo’yicha imtiyozli qabul qilinishini tashkillash masalalari ham e’tibor markazida.

O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga umumta’lim maktablari bitiruvchilari qamrovining to’la va sifatli amalga oshirilishi mazkur bo’g’inning tubdan takomillashuvi hamda salohiyatli, o’zi tanlagan ixtisosligi bo’yicha puxta bilimlarni o’zlashtirgan, malakali kadrlarni etishtirish yo’lida g’oyat muhim qadam bo’lishi, shubhasiz.