Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI

 2017-06-14 10:50:04    1100

PDF yuklash
Chop etish


INTERNET TARMOG’IDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING HUKUMAT PORTALINI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA

(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2007 y., 50-51-son, 521-modda; 2009 y., 17-son, 212-modda; 2013 y., 2-son, 23-modda; 2015 y., 26-son, 338-modda; 2016 y., 23-son, 269-modda)

«Axborotlashtirish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» 2005 yil 8 iyuldagi PQ-117-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

(1-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 iyundagi 188-sonli qaroriga asosan o’z kuchini yo’qotgan — O’R QHT, 2016 y., 23-son, 269-modda)

(2-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 iyundagi 188-sonli qaroriga asosan o’z kuchini yo’qotgan — O’R QHT, 2016 y., 23-son, 269-modda)

3. Belgilab qo’yilsinki, Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portali xarajatlarini moliyalashtirish, moddiy-texnik ta’minlash va unga xizmat ko’rsatish tasdiqlangan smeta doirasida O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

(3-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 26-son, 338-modda)

4. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

bir oy muddatda axborot ro’yxatlari va taqdim etish muddatlari, shuningdek axborot materiallarini joylashtirishga ruxsat berish va axborot xizmatlari tomonidan Guruhga keyinchalik Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portalida joylashtirish uchun axborot taqdim etish uchun mas’ul shaxslarni tayinlash bo’yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;

(4-bandning uchinchi xatboshi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 21 apreldagi 116-sonli qaroriga asosan chiqarilgan— O’R QHT, 2009 y., 17-son, 212-modda)

o’z rasmiy axborot resurslarining qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini bir yilda kamida ikki marta ekspertizadan o’tkazsinlar.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYoEV

Toshkent sh.,

2007 yil 17 dekabr,

259-son