
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
Yagona telefon reglamenti
2017-06-19 16:54:23 1984
YAGONA TELEFON RAQAMI 0(373) 244-07-55
XIZMAT REGLAMENTI
Farg'ona viloyati hokimligi faoliyati bo’yicha «Yagona telefon» orqali kelib tushayotgan murojaatlarni ko’rib chiqish.
1. Xizmat pasporti
1.1. Xizmat nomi
Farg'ona viloyati hokimligi faoliyati bo’yicha «Yagona telefon» orqali kelib tushayotgan murojaatlarni ko’rib chiqish.
1.2. Xizmat natijasi
Murojaatni ko’rib chiqish natijasi va qabul qilingan qaror og’zaki ravishda telefon orqali yetkaziladi.
1.3. Xizmat ko’rsatuvchi organlar va blankalar olish joyi
Murojaatni ko’rib chiqish alohida blank va boshqa xujjatlarni talab qilmaydi, faqat O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning murojaatlari to’g’risidagi” qonuni talablarga rioya etilishi so’raladi.
1.4. Qonuniy asos
O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning murojaatlari to’g’risidagi” 6-may 1994 yil 1064-XII-son qonuni.
1.5. Xizmatdan foydalanuvchilar
O’zbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslari, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar.
1.6. So’rov yuborish muddati
Kun davomida 9:00 – 18:00
1.7. Bajarish muddatlari
Fuqarolar murojaati kelib tushgan kundan boshlab, 30 kun mobaynida ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganishni talab etuvchi murojaatlardan tashqari va mazkur xolat bo’yicha ma’lumot ariza yuborgan shaxsga etkaziladi. Davlat idorasi, boshqarma va tashkilotlarga kelib tushgan ariza va shikoyatlarni 30 kun muddatgacha to’liq ko’rib chiqishga majbur, qo’shimcha o’rganishni talab etmaydigan murojaatlarni esa 15 kundan kechikmay ko’rib chiqishlari shart.
1.8. Ko’rib chiqish muddati
15 ish kuni mobaynida.
2. Xizmatdan foydalanuvchilarga ma’lumotlarni etkazish
2.1. Ma’lumotning xajmi va tarkibi
Murojaat qilgan har qanday shaxsga qo’yidagi ma’lumotlarni taqdim etish kafolatlanadi:
- xizmatni ko’rsatayogan idora manzili, ish vaqti, qabul qilish kunlari (telefon orqali qabulga yozilish, murojaat kuni qabulga kirish, navbatda turish)
- xizmatdan foydalanish tartiblari to’g’risida
- xizmatni ko’rsatish muddatlari to’g’risida
2.2. Ommaviy xabardor etish
Ko’rib chiqilmagan.
2.3. So’rov bo’yicha xabardor etish
Shaxsan: 9-00 dan 18-00 gacha og’zaki ravishda xizmatdan foydalanish bo’yicha barcha masalada konsultatsiya (20 daqiqadan o’tmasligi lozim) va yozma ravishda matn ko’rinishida ma’lumotlarni taqdim etish;
Faks orqali: Tunu-kun uzluksiz har qanday yozma ravishdagi so’rovlarni qabul qilish;
Elektron pochta orqali: Tunu-kun uzluksiz har qanday yozma ravishdagi, matn ko’rinishidagi va skaynerlangan ko’rinishdagi so’rovlarni qabul qilish.
2.4. Xizmat ko’rsatuvchi idora manzili
O’zbekiston Respublikasi, Farg'ona viloyati, Farg'ona shahar, A. Navoi ko’chasi 15
Telefon: (0373) 244-07-55
Faks: (0373) 244-07-55
2.5. Foydalaniladigan xujjat blankalari (formalari)
Ko’rib chiqilmagan.
3. Xizmat ko’rsatish
3.1. Ish vaqti
Dushanba-Shanba kunlari, soat 9-00 dan 18-00 gacha.
3.2. Kutish tartibi
Telefon ko’ng’iroqlarini qabul qilish dushanba-shanba kunlari soat 9-00 dan 18-00 gacha qabul qilinadi.
4. Xizmat ko’rsatish jarayonlari
4.1. Kerakli xujjatlar
Shaxsni tasdiqlovchi xujjat.
4.2. Xizmat narxi
Xizmat bepul ravishda ko’rsatiladi.
4.3. Davlat xizmatini ko’rsatish bosqichlari
Telefon orqali murojaatni qabul qilish va tegishli tartibda ro’yxatdan o’tkazilgandan so’ng, murojaat xujjat ko’rinishida raxbariyatga ko’rib chiqish uchun mas’ul bo’lgan tegishli bo’limni aniqlash va sifatli javobni tayyorlash maqsadida imzo uchun yuboriladi. Murojaat tematikasini ko’rib chiqilgandan so’ng topshiriqni bajarilishi nazoratga olish uchun nazorat kartochkasi ochiladi. Belgilangan muddatlarda mas’ul bo’lim tomonidan murojaatni ijrosi yuzasidan tegishli ko’rsatma tayyorlanadi va murojaat qilgan shaxsga yuboriladi.
4.4. Ichki tartibda davlat xizmatini ko’rsatish jarayonlari
1) Xujjatni ro’yxatga olish va raxbariyatga yuborish;
2) Nazorat kartochkasini ochish va mas’ul bo’lgan bo’limga yuborish maqsadida Umumiy bo’limga yuborish;
3) Mas’ul bo’lgan bo’lim tomonidan arizachiga javob xati tayyorlanadi va Umumiy bo’limga ro’yxatga olish uchun yuborish.
4) Umumiy bo’lim tomonidan arizachiga javob xatini yuborish.
4.5. Rad etish asoslari
Fuqaro telefon orqali murojaatida ismi-sharifi, manzili noto’g’ri yoki asossiz va yolg’on ma’lumotlar ko’rsatilgan bo’lsa, mazkur murojaat anonim xisoblanadi va ko’rib chiqilmaydi.
5. Sifatini ta’minlash
5.1. Sifat ko’rsatkichlari
Avval ko’rib chiqilgan masalalar bo’yicha qayta murojaatni yo’qligi.
5.2. Sifatsiz ko’rsatilgan xizmatga shikoyat bildirish
Fuqaro murojaatiga olgan javobiga shikoyatni aniq bir sababni ko’rsatgan xolda taqdim etishi mumkin.Shikoyat berish usuli – yozma ravishda aniq shikoyat sababini ko’rsatgan xolda qonunchilikda belgilangan tartibda berishi mumkin.