
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
O’ZARO IShONChLI VA MANFAATLI HAMKORLIK
2017-06-29 09:35:26 419
mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini faol qo’llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda
Avval xabar qilinganidek, shu yilning 20 iyun kuni viloyat Tadbirkorlar markazida “Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) va kichik biznes o’rtasidagi o’zaro hamkorlik mexanizmlari” mavzusida seminar-trening o’tkazildi. Ta’kidlanganidek, mamlakatimiz hukumati tomonidan imzolangan o’zaro anglashuv Memorandumida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikning ustuvor yo’nalishlari belgilab berilgan.
Hozirgi kunda viloyatimizda 20 mingga yaqin kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati yo’lga qo’yilgan bo’lib, ularning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 63,4 foizni, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 48 foizni tashkil etadi. Birgina ana shu raqamning o’zi ham viloyatimizda xususiy sektor tarmoqlarining rivojlanishi tadbirkorlik su’bektlarining kredit resurslari bilan birgalikda chet el investitsiyasiga bo’lgan ehtiyoji ham ortib borayotganidan dalolat beradi.
Quyida bu borada ETTB faoliyatining asosiy yo’nalishlari, bank tomonidan taklif etilayotgan kredit resurslari, kreditni olish va rasmiylashtirish tartibi bilan bog’liq barcha masalalar xususida batafsil ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.
Evropa tiklanishvataraqqiyot bankining asosiy maqsadi va faoliyati
Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB)xalqaro moliyaviy tashkilot bo’lib, 65 ta davlat va 2 ta xalqaro tashkilotlar (Evropa Hamjamiyati va Evropa Investitsion Banki) tomonidan ta’sis etilgan.
Ta’sis kapitali 30 milliard evronitashkiletadi.
ETTB yuqori kredit reytingiga ega bo’lib, markaziy va sharqiy Evropa, Kavkaz, Markaziy Osiyo hamda Janubiy va Sharqiy O’rtadengiz hududlaridagi 36 ta davlatda faoliyat yuritadi.
Investitsiyalarning umumiy ko’lami 1991 yildan buyon 117 milliard evroni, 2016 yil 31 dekabrga ivestitsion portfeli 41,75 milliard evroni tashkil etgan.
Shu jumladan Markaziy Osiyodagi investitsion portfeli 4,383 milliard evroni tashkil etib, bu raqam umumiy portfelining 10.5% qismiga tengdir.
O’zbekiston ham – 1993 yildan beri ETTBning aktsiyadoridi bo’lib, 1993-2010 y. oralig’ida 54 loyihaga 906 million evrolik umumiy investitsiya kiritilgan.
Hozirda ETTBning O’zbekiston bo’yicha o’rta muddatli strategiyasi ishlab chiqilmoqda.
Qisqa muddat uchun ustuvor yo’nalishlar:
1. Xususiy sektor rivojlanishini qo’llab-quvvatlash:
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlarga maslahat berish xizmati dasturi;
Banklarda kredit liniyalarini ochish orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish;
Raqobatbardosh xususiy korxonalarni bevosita moliyalashtirish, jumladan bevosita xorijiy investitsiyalarni qo’llab-quvvatlash.
2. Munitsipal infratuzilmava transport sohasida maxsus loyihalarni tayyorlash va moliyalashtirish;
3. Iqtisodiy islohotlarni, jumladan investitsion muhitni yanada yaxshilanishga yo’naltirilgan islohotlarniq o’llab-quvvatlash.
Transport infratuzilmasi va «yashil» energetika sohalarida o’rta muddatli istiqbol uchun mavjud imkoniyatlarni o’rganish.
Moliya sohasi orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish loyihalari
Hamkor bank. Bank 10 yil davomida ETTB bilan birga hamkorlik qilish natijasida kichik moliyaviy muassasadan 14 ta hududda faoliyat ko’rsatayotgan, keng filial tarmog’iga ega O’zbekistonning eng yirik xususiy banklaridan biriga aylandi. Bu vaqt davomida, ETTB Hamkorbankka kichik biznes va tadbirkorlikni moliyalashtirish uchun 18 million evro miqdorda moliyaviy mablag’lar ajratdi.
Bank qiymati 20 million evroga teng O’zbekiston-Yaponiya kichik biznesni kreditlash dasturi doirasida 5 million evroga teng texnik yordam grantlaridan foydalandi. Bank mablag’larning 60% ni joylashtirgani bois, ushbu dasturning eng yirik ishtirokchisiga aylandi.
O’zbek Lizing – xususiy korxonalarga lizing xizmatlarini ko’rsatish kompaniyasidir. Kompaniya O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Malayziya May banki tomonidan 1996 yilda tashkil etilgan. ETTB kompaniya ta’sis kapitaliga uning 15% miqdorida sarmoya qilgan. ETTB tomonidan kompaniyaga 4,6 million evro miqdorda moliyaviy mablag’lar ajratilgan. Bundan tashqari, ETTB O’zbekiston hukumatiga lizing qonunchiligi sohasini yanada yaxshilash uchun yordam ko’rsatgan. 2012 yilda bank kompaniya ta’sis kapitalidan o’z ulushini sotish orqali chiqib ketdi.
Investitsiya maqsadi, ko’lamivamuddati
Investitsiya maqsadi: Uskuna sotib olish va aylanma mablag’larni to’ldirish, kengaytirish, innovatsiya, raqobatbardoshlilikni oshirish, eksport salohiyati, samaradorlik (shu jumladan, energiya tejamkorligi) vamavjudkreditlarniqismanqaytamoliyalashtirish
Kreditlar 3 yildan 7 yilgacha muddat uchun 10 million evroga qadar beriladi. Boshqa moliyalashtirish muddatlarini ko’rib chiqish imkoni ham mavjud.
ETTB tomonidan Loyiha qiymatining 35% gacha bo’lgan qismi moliyalashtiriladi.
Bankka hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran chuqur, moliyaviy, huquqiy va texnik tekshiruvlarni o’tkazish, kredit berish shartlarini va tashkiliy qismlarini belgilash maqsadida kreditni ko’rib chiqish muddati 9-12 oy qilib belgilangan.
Garov masalasi quyidagicha:garovga qo’yilgan aktivlar qiymati (mustaqil baholash kompaniyasi xulosasiga ko’ra) kredit miqdoridan 1,4 x (1.4 barobar) ko’p bo’lishi va bunda korporativ huquqlar Q boshqa garov turlari ham qo’llanilishi mumkin.
Investitsiyadan oldingi jarayonlarda:
Korxonaga tashrif va tanishuv;
Korxona haqida ma’lumot va mulkchilik shakli haqida ma’lumot;
Asosiy moliyaviy ko’rsatkichlar va buxgalteriya hisobi;
Investitsion loyiha ko’rsatkichlari mablag’larning ishlatilish maqsadi;
ETTB asosiy talablarining bajarilish tartibi va tahlili;
Loyiha asosiy moliyaviy ko’rsatkichlari va moliyalashtirishning muhokamasi;
ETTB kredit qo’mitasi tomonidan loyiha kontseptsiyasining tasdiqlanishi;
Mijozga stavka va asosiy shartlar bo’yicha umumiy ma’lumot keltirilgan mandat maktubini taqdim etish;
Moliya hisobotlari bo’yicha xalqaro standartlar asosida auditning yakunlanishi, o’tkazilishi;
Garovga qo’yilayotgan mulkning mustaqil baholovchi kompaniya tomonidan baholanishi;
Kompaniya va loyihaning texnik, ekologik, huquqiy, tijoriy va moliyaviy auditini o’tkazish;
ETTB kredit qo’mitasi uchun zarur hujjatlarni tayyorlash;
Angliya huquqiy bazasiga asoslangan holda tuzilgan moliyalashtirish bo’yicha shartlar bayon etilgan hujjatni imzolash kabi jarayonlar amalga oshiriladi.
Yakuniy tasdiq olinganidan keyin, tomonlar, kredit shartnomasi, jumladan kreditni qaytarish jadvalini imzolaydilar. Shundan so’ng to’lovlar amalga oshiriladi.
Kredit olinganidan so’ng Kompaniya muntazam ravishda ETTBga o’z moliyaviy holati va investitsiya loyihasini amalga oshirish to’g’risidagi hisobotlarni jo’natib turadi.
Kredit muddati tugab, asosiy qarz va foiz to’lovlari to’liq qaytarilganidan keyin bitim yakunlanadi va garovlar ozod etiladi.
Aziz mushtariylar! Biz sizga qulaylik yaratish maqsadida yuqorida bayon etilgan maolumotlarni ETTBning mutahassislari bilan olib borilgan suhbatlar davomida tayyorladik. Shuning uchun bu ma’lumotlarxuquqiy ma’lumot hisoblanmaydi. ETTBning kreditlarini olish uchun o’z loyihasini taklif etgan tadbirkorlar, huquqiy-me’riy xujjatlar bilan bank vakillari tomonidan tanishtiriladi.