Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 78 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA E-SUD MILLIY ELEKTRON SUDLOV AXBOROT TIZIMINING TAQDIMOTI BO’LIB O’TDI

×

 2017-10-18 09:33:51    444

PDF yuklash
Chop etish


Unda Fuqarolik ishlari bo’yicha Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlaridagi tumanlararo sudlarning sudya va xodimlari, ekspertlar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahnamoligida ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakatimiz sud-huquq sohasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Asosiy maqsad – fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini oshirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishdan iborat.

Odil sudlov samaradorligini oshirish maqsadida sud tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilayotgani sohada ochiqlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi, BMT Taraqqiyot dasturining “O’zbekistonda qonun ustuvorligi yo’lida hamkorlik” qo’shma loyihasi doirasida E-Sud – milliy elektron sudlov axborot tizimi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan. Mazkur tizim fuqarolik ishlarini sudlarda ko’rib chiqish muddatlarini qisqartirish, sud xabarnomalari va hujjatlarini taraflarga etkazish mexanizmlarini takomillashtirish, bu borada sansalorlik, byurokratizmga yo’l qo’ymaslik kabi maqsadlarga xizmat qilmoqda.

Fuqarolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudida bo’lib o’tgan taqdimot marosimida O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o’rinbosari X.Yodgorov va boshqalar sud tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish sudlarda adolat va ochiqlikni ta’minlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Tadbirda “O’zbekistonda qonun ustuvorligi yo’lida hamkorlik” qo’shma loyihasi doirasida Fuqarolik ishlari bo’yicha Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlaridagi tumanlararo sudlarga 57 zamonaviy kompyuter jamlanmasi topshirildi.

Ishtirokchilar E-Sud – milliy elektron sudlov axborot tizimining barcha bosqichlari bilan tanishdi. Mazkur tizimning joriy etilishi natijasida sud ishlarini ko’rishga sarflanadigan vaqt 2 barobar qisqardi, xizmat ko’rsatish samaradorligi 50 foiz oshdi, resurslar tejalishi esa taxminan 70 foizni tashkil qildi, hujjatlarni yo’qotib qo’yish holati umuman bartaraf etildi.

– E-SUD tizimi foydalanuvchiga ariza topshirish, hujjatlarni elektron tarzda olib borish, ko’rib chiqilayotgan ishlarni sudga kelmasdan elektron tarzda kuzatib borish, sud ogohlantiruvchi hujjatlarini ular tuzilgan zahotiyoq elektron ko’rinishda olish, sud hujjatlari bilan onlayn tanishish imkonini beradi, – deydi Farg’ona viloyati Fuqarolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudi sudyasi Elyorjon Ismoilov. – Bu taraflarning ovoragarchiligi, turli sansalorliklar, ortiqcha qog’ozbozlik va boshqa sarf-xarajatlarga chek qo’yadi. Sudga murojaat qilgan da’vogarlar ish bilan bog’liq protsessual jarayonlar, ya’ni ishning tayinlangani, qoldirilgani, to’xtatilgani yoki ko’rish natijasida biror bir to’xtamga kelingani haqidagi ma’lumotlardan internet tarmog’idagi shaxsiy kabinet orqali xabardor bo’lish imkoniyati mavjud. Joriy yilning iyun oyidan boshlab bizda ham mazkur tizim bo’yicha ishlar tashkil etilib, bugunga qadar milliy elektron tizim orqali 1 ming 400 dan ortiq murojaat ko’rib chiqildi.

Tadbir doirasida “Oila va nikoh munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolar bo’yicha sud amaliyoti”, “Fuqarolik ishlari bo’yicha sudga murojaat qilish tartibi”, “Mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar”, “Sudning hal qiluv qarorini tuzish bo’yicha amaliy qo’llanma” kabi kitoblar taqdimoti ham bo’lib o’tdi.