Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 108 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Yarmarka: AHOLIGA MAQBUL NARXDA

×

 2017-12-12 12:15:11    326

PDF yuklash
Chop etish


Farg`ona shahar dehqon bozorida viloyat hokimi tashabbusi bilan faoliyat boshlagan arzonlashtirilgan go’sht mahsulotlari savdo yarmarkasi yurtdoshlarimizni mamnun etmoqda.

Yarmarkada Quva, Farg`ona, Bag`dod va Rishton tumanlaridagi fermer xo’jaliklari vakillari sifatli mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. 30 noyabr sanasidan boshlangan yarmarkada 1 kg mol go’shti 26 ming, 1 kg qo’y go’shti 30 ming so’m narxda taqdim etilayotgani xaridorlarga juda ma’qul kelayotir.

– Bir kunda o’rtacha 286 kilogrammdan go’sht sotilyapti, – deydi Farg`ona tumanidagi “Akbarali kelajak zamini” fermer xo’jaligi rahbari Ilhomjon Abdurahmonov. – Yarmarkamiz 10 yanvarga qadar davom etadi.

Fermer xo’jaliklariga viloyat qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi tomonidan berilgan taqsimotga asosan sotilgan 1 kilogramm mol va qo’y go’shti uchun 10 kilogramm kunjara va 10 kilogramm sheluxa etkazib berilishi ta’minlanmoqda.

Ayni kunlarda Marg`ilon shahar hokimligi tashabbusiga ko’ra, shahardagi Yangi Marg`ilon va Ipakchilar shaharchalari, “Chilonzor” MFY hududlarida ham arzon mahsulotlar yarmarkasi tashkil etilgan. Unda xaridorlar  go’sht mahsulotlarini belgilangan tartibda sotib olish imkoniyatiga ega bo’lishmoqda. Yarmarkalarga mahsulotlar  Yozyovon, Qo’shtepa, Toshloq va  Buvayda tumanlaridagi fermerlar tomonidan etkazib berilmoqda. Bir kunda tumanlardan jami bir yarim tonnadan ortiq  go’sht olib kelinayotgan bo’lsa, bunga qo’shimcha tarzda shahardagi kushxonalardan ham 2 tonnaga yaqin mahsulot bozor rastalariga olib chiqilishi yo’lga qo’yilgan.  

Ana shunday go’sht savdo yarmarkalari viloyatimizning boshqa shahar-tuman markazlarida ham tashkil etilmoqda.

 

Madaminjon SOLIJONOV.

Shamsiddin QORABOEV olgan surat.