Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 85 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


PILLACHILIKDAGI YANGI IMTIYOZLAR

 2017-04-12 20:00:01    441

PDF yuklash
Chop etish


Qishloq joylarda aholi bandligi va daromadlari darajasini oshirishni ta’minlaydigan yagona va yaxlit tashkiliy-texnologik tizimni barpo etish asosida pillachilik tarmog’ini kompleks rivojlantirish maqsadida qabul qilingan qaror

 

2017 yil 29 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror qishloq joylarda aholi bandligi va daromadlari darajasini oshirishni ta’minlaydigan yagona va yaxlit tashkiliy-texnologik tizimni barpo etish asosida pillachilik tarmog’ini kompleks rivojlantirish maqsadida qabul qilindi. Jahon tajribasi ko’rsatganidek, pilla etishtirish o’ziga xos faoliyat turi bo’lib, unda muvaffaqiyatga erishish tarmoqda mehnat qilayotgan ishchilar tajribasi va moddiy manfaatdorligiga bog’liq. Shu sababdan ham ushbu qaror bilan qishloq joylarda pillachilik sohasidagi korxonalarda hizmat qiladigan  va bevosita pilla etishtirish bilan shug’ullanadigan aholini moliyaviy qo’llab-quvvatlash va moddiy manfaatdorligini taminlash maqsadida:

2023 yil 1 yanvargacha korxonalar yagona soliq, yagona ijtimoiy to’lov va bojxona to’lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig’imlaridan tashqari)dan ozod etildi;

uy sharoitida tirik pilla etishtirish bilan shug’ullanuvchi (kasanachi)lar – jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i to’lashdan ozod etildi;

pilla etishtiruvchi tashkilotlar – pilla etishtirish bilan shug’ullanuvchi kasanachilar va boshqa ishchi-pillakorlar mehnatiga haq to’lashga yo’naltiriladigan mablag’lari bo’yicha yagona ijtimoiy to’lovdan ozod etildi va bundan bo’shagan mablag’lar kasanachilar va ishchi-pillakorlarni moddiy rag’batlantirishga yo’naltiriladi.

Ipak qurti boquvchilar va kasanachilarning pilla mavsumidagi davrda bajargan ishlari ularga pensiya ta’minlashda bir yillik ish staji deb hisoblanishi alohida belgilab qo’yildi.

Qarorda belgilab qo’yilganidek, pilla etishtirish bilan band aholining moddiy manfaatdorligi kuchayishi, hamda pilla mavsumidagi davrda bajargan ishlari ularga pensiya ta’minlashda bir yillik ish staji deb hisoblanishi,uyda bola tarbiyasi va uy ro’zg’or ishlari bilan o’tirgan ayollarga ish stajini yuritishlari uchun juda qulay imkoniyat bo’ldi.

Ozuqa bazasining mustahkamlanishi va kengayishi, pilla etishtirish majmualarining bevosita tutzorlar yaqinida barpo etilishi, 2 barobar ko’p hosil beradigan, ozuqa qiymati yuqori va sovuqqa chidamli tut ko’chatlarining olib kelinishi pilla etishtirish hajmlarini oshirish hamda yuqori qo’shimcha qiymatga ega mahsulotlar, shu jumladan, shoyi gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, pillani qayta ishlash ulushini oshishi, yangi ish o’rinlari yaratish, mahsulot eksporti hisobidan valyuta mablag’lari tushumini orttirishga xizmat qiladi.