Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Farg'ona viloyati haqida Yaponiya ommaviy axborot vositalari

×

 2018-05-04 09:29:43    481

PDF yuklash
Chop etish


       2018 yil  28-29 aprel kunlari Yaponiyaning «Sankei Shimbun», «Tokyo Shimbun», «The Sekai Nippo» va «Sunday Sekai Nippo» gazetalari, «Hokkaido Broadcasting» telekompaniyasi kabi yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari va sayyohlik kompaniyalari Farg'ona viloyatiga tashrif buyurishdi. Tashrifning asosiy maqsadi – hududning asosiy sayyohlik yo'nalishlarini o'rganish orqali viloyatning turizm salohiyatini Yaponiyada targ’ib qilish bo`ldi.

       Ijodiy guruh Qo’qondagi Xudoyorxon saroyi, Jome` masjidi, Norbutabiy madrassasi kabi diqqatga sazovor joylarini tasvirga olishdi. Yaponlar qabristoni ham e’tibordan chetda qolmadi. Mehmonlar ushbu joyni ziyorat qilishdi.

      OAV vakillari Rishton tumanidagi mashhur kulol A. Nazirov faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Rishton-Yaponiya Markazi talabalari yorqin chiqish bilan yapon tilidagi ko'nikmalarini ko'rsatib o’tishdi. Marg’ilon shahrida “Yodgorlik” ipakchilik fabrikasi hamda Said Ahmadxo’ja  madrassasi – hunarmandlar markazining ipakli matolarni ishlab chiqarish jarayonini tasvirga olishdi. Quva shahridagi alloma Ahmad al-Farg’oniy nomli majmuaga ham tashrif buyurishdi.

      Tashkil etilgan infotur, albatta, kelajakda ijobiy natijalarini topib, Farg'ona viloyatining kirish turizmi rivojlanishiga hissa qo’shadi. Yaponiya ommaviy axborot vositalarida viloyat sayyohlik salohiyatini targ’ib qilish orqali hududning turistik oqimini ko’payishi va Yaponiya tomonidan turizm yonalishlariga qiziqishni oshirishi kutilmoqda.


Kamila Mo’minova