Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 71 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI BILAN GERMANIYA O’RTASIDA HAMKORLIK ALOQALARI YANGI BOSQICHGA KO’TARILADI

×

 2021-10-06 17:39:01    362

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyatimizga tashrif buyurgan Germaniyaning O’zbekistondagi yangi favqulodda va muxtor elchisi Tilo Klinnerni va mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan nemis kompaniyalari vakillarini qabul qildi.

Samimiy muloqot chog’ida mamlakatimizning, xususan Farg’ona viloyatining Germaniya bilan hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Viloyat hokimi mehmonlarni Farg’ona viloyatida qutlar ekan, Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan yangi tashqi siyosat natijasida so’nggi yillarda O’zbekistonning YEvropa Ittifoqi mamlakatlari, shu jumladan Germaniya bilan barcha jabhalardagi aloqalari jadal sur'atlarda yuksalib borayotgani, o’zaro manfaatli hamkorlikning yangi davri boshlanganiga e'tibor qaratdi. Viloyatning investitsion salohiyati yuqori ekanini qayd etgan Xayrullo Bozorov, nemis kompaniyalari bilan iqtisodiyotning ko’plab sohalarida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini ta'kidladi. Viloyat rahbari tekstil-trikotaj, kimyo sanoati, meva-sabzavot yetishtirish va qayta ishlash kabi sohalarning viloyatimiz iqtisodiyotida katta o’rin tutishini aytib, bu sohalarda o’zaro manfaatli aloqalarni yo’lga qo’yish masalasini o’rtaga tashladi.

Germaniyaning “Knauf international GMBH” kompaniyasi bilan hamkorlikda O’zbekiston tumanida amalga oshirilayotgan, umumiy loyiha qiymati 20 million yevro bo’lgan va yillik 17 million kvadrat metr gipsokarton ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan “Knauf gips Farg’ona” korxonasi kelgusi yilning fevral oyida foydalanishga topshirilishini ma'lum qilgan viloyat hokimi, ushbu loyiha boshqa nemis sarmoyadorlarini ham viloyatga jalb qiluvchi omil bo’lishiga ishonch bildirdi. 

Joriy yilning avgust oyida mamlakatimizda o’z faoliyatini boshlagan Tilo Klinner, Farg’ona viloyatining ko’plab sohalarda respublikada old o’rinlarda ekanidan xabardorligini, aynan shu sababdan Respublikamiz hududlari bo’ylab o’zining ilk tashrifini viloyatimizga amalga oshirayotganini qayd etdi.

Germaniya elchisi, O’zbekiston uchun kuchga kirgan YEvropa Ittifoqining barqaror rivojlanish va samarali boshqaruv bo’yicha maxsus preferentsiyalar tizimi (GSP+) viloyatning tekstil-trikotaj mahsulotlari hamda qishloq xo’jaligi mahsulotlari uchun YEvropa, xususan Germaniya bozorida qo’shimcha imkoniyatlar taqdim etishini ta'kidlab, ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan mahsulotlarning har bosqichda sertifikatlash, logistika tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratish lozimligini, bu borada Germaniya o’z ko’magini berishga tayyorligini aytib o’tdi.

Viloyat hokimi tomonidan aynan tekstil va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalarida mavjud imkoniyatdan to’la foydalanish, GSP+ tizimi orqali taqdim etilayotgan imtiyozlarni samarali qo’llash uchun qo’shimcha moliyalashtirish manbalariga ehtiyoj borligi ta'kidlanib, nemis banklari va moliya tashkilotlarining kam foizli to’g’ridan kreditlarini bunday loyihalarga jalb etish, bu maqsadda Farg’ona ishbilarmon doiralari hamda nemis bank va moliya institutlari o’rtasida uchrashuv tashkil etish taklifi bildirildi. Ushbu taklif Tilo Klinner tomonidan ijobiy qabul qilindi, bu uchrashuv noyabr oyining birinchi yarmida, Toshkentda tashkil etiladigan bo’ldi. 

Shuningdek muzokaralar natijasida Farg’onada hamkorlikda zamonaviy nemis tibbiyot klinikasi barpo etish, viloyatda Germaniya oliygohlari bilan hamkorlikda qo’shma oliy ta'lim muassasasi tashkil etish masalalarida ham hamkorlik qilish bo’yicha kelishuvga erishildi.

Uchrashuvda muhokama qilingan hamda hamkorlik qilish bo’yicha kelishib olingan barcha masalalar yuzasidan viloyat hokimligi hamda Germaniyaning O’zbekistondagi elchixonasining qo’shma “Yo’l xaritasi”ni tayyorlash hamda uning asosida konstruktiv aloqalarni kengaytirib borishga kelishib olindi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube