
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATI DELEGATSIYASI «SO’G’D-2021» XALQARO SAVDO YARMARKASIDA VILOYATIMIZ SALOHIYATINI NAMOYISH ETADI

2021-10-19 10:19:36 322
Viloyat hokimi o’rinbosari Xurshidjon Ahmedov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Tojikiston Respublikasining So’g’d viloyatida 19-20 oktyabr kunlari o’tkazilishi rejalashtirilgan «So’g’d-2021» xalqaro savdo yarmarkasida ishtirok etish uchun ushbu viloyatga tashrif buyurdilar.
Viloyatimizning turizm va investitsiya yo’nalishidagi mas'ullari va 20 nafardan ziyod tadbirkorlardan iborat delegatsiya a'zolari So’g’d viloyati ma'muriyati va jamoatchiligi vakillari tomonidan tantanali tarzda kutib olindi. So’ng Xo’jand shahriga yo’l olindi.
Bugun xalqaro savdo yarmarkasining dasturiga ko’ra, savdo va investitsiya hamda turizm bilan bog’liq prezentatsiyalar amalga oshiriladi.
Ertaga esa turli mamlakatlarning, viloyatlarning ishlab chiqarish salohiyatini o’zida ifoda etgan ko’rgazmalar tashkil etiladi hamda hamkorlik memorandumlari imzolanadi. Ushbu jarayonlarda Farg’ona viloyati delegatsiyasi vakillari ham faol qatnashib, viloyatimiz salohiyati hamda imkoniyatlarini xalqaro hamjamiyat a'zolariga yana bir bor namoyish etadilar. Shuningdek, o’zaro manfaatli bitimlar tuzish, muhim savdo-iqtisodiy kelishuvlarga erishish ham ko’zda tutilgan.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube