
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
BUGUN – O’ZBEK TILI BAYRAMI KUNI

2021-10-21 11:22:55 462
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yil 10 aprel kuni imzolangan "O’zbek tili kunini belgilash to’g’risida"gi qonunga binoan, 21 oktyabr O’zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.
Ulkan boyligimiz va bebaho mulkimiz bo’lgan O’zbek tilimizga davlat tili maqomi berilgan ushbu kun mamlakatimizda katta ko’tarinkilik bilan bayram qilinmoqda.
Xalqimiz uchun qadrli va ulug’ ushbu bayramda o’zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiyga o’rnatilgan haykal poyiga gulchambarlar qo’yish Farg’onada yaxshi an'anaga aylangan.
Bugun ham erta tongdan Navoiy haykali poyiga tantanali gul qo’yish marosimi bo’lib o’tdi. Unda viloyat hokimligi, Yozuvchilar uyushmasining viloyat bo’limi vakillari, korxona va tashkilotlar, ta'lim muassasalari hamda keng jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir yakuniga yetgach, ishtirokchilar til bayramiga bag’ishlangan adabiy-ma'rifiy kechalarda qatnashish uchun hududlarga yo’l olishdi.
Ma'rifatparvar jadid namoyandalaridan bo’lgan Abdulla Avloniy aytganidek, "Har bir millatning dunyoda borligini ko’rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo’qotmak millatning ruhini yo’qotmakdur”. Shunday ekan, millat tafakkuri bo’lgan ona tilimiz sofligini doimo asrab-avaylash vatanparvarlik burchimizdir!
Joylarda bayram tadbirlari davom etmoqda.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube