
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
RISHTONDA YIRIK PISTA PLANTATSIYALARI BARPO ETILMOQDA

2021-11-16 09:55:55 330
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Rishton tumanida tadbirkor Qodirjon Qosimov tomonidan barpo etilayotgan Eron xandon pistasi plantatsiyasi bilan tanishdi.
“Navbahor” MFY hududida suvsiz, toshloq hududda joylashgan mazkur plantatsiyada bugungi kunda 35 gektar hududda pista ko’chatlari o’tqazish ishlari amalga oshirilmoqda. Kelgusi yilda barpo etilayotgan pistazor hududi 200 gektardan oshishi ko’zda tutilmoqda.
Tadbirkor bilan muloqot davomida xandon pistani zamonaviy yetishtirish texnologiyalari hamda pistazorlar barpo etish uchun lozim bo’lgan yer va iqlim sharoitlari, ko’chat yetishtirishning yangi usullari muhokama qilindi. Viloyat hokimi, tashkil etilayotan pistazorlarda vertikal sug’orish quduqlarini (skvajinani) burg’ulash va ishga tushirish bilan bog’liq xarajatlarning 120 million so’mgacha bo’lgan qismi qismi fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan subsidiya bilan qoplab berilishini ma'lum qildi.
Ma'lumki, bizda mavjud texnologiyalar asosida ekilgan pista 11-12 yilda hosilga kiradi. Bir tup daraxtdan 200-300 gramm hosil olish mumkin. Yangi plantatsiyalarni takomillashgan texnologiya asosida barpo etish ko’zda tutilgan. Ya'ni, ko’chatxonada o’stirilgan niholga ikkinchi yil navdor pistalardan olingan kurtak payvand qilinadi. Uchinchi yildan uni ochiq maydonda ekish mumkin. Ushbu texnologiyada ekilgan pista 7-8 yilda hosilga kiradi. Hosildorlik esa bir tupda 40-50 kilogramgacha yetishi mumkin.
Tumandagi Pandigon MFYda Qodirjon Qosimov pista ko’chati yetishtirish bilan ham shug’ullanib keladi. Bugungi kunda pistachilik ilmiy markazi, laboratoriya, issiqxona, ko’chat yetishtirishni o’zida jamlagan “Agromaktab” ham tashkil etishga kirishgan.
Hozirda Rishtonning ko’plab tadbirkorlari kamhosilli, unumsiz bog’larni buzib, o’rniga pistazor tashkil etishni boshladilar. Qodirjon Qosimov ularni ham ko’chat bilan ta'minlab, pistachilikning sir-asrorlarini o’rgatmoqda. Viloyat hokimi ushbu hududdagi “Golden walley 5” fermer xo’jaligi tomonidan tashkil etilayotgan pistachilikni rivojlantirish loyihasi bilan tanishdi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube