Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 159 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI FURQAT TUMANIDA YANGI ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI VA AGROLOYIHALAR BILAN TANISHDI

×

 2022-01-31 12:13:30    358

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Furqat tumanidagi o’rganishlar doirasida “Umid parranda” MChJ faoliyati bilan tanishdi. Tadbirkorning 7,5 milliard so’m o’z mablag’lari hamda 2,5 milliard so’m bank krediti hisobiga tashkil etilgan ushbu korxonada bugungi kunda 40 ming bosh tovuq boqilib, yillik 14,4 million dona tuxum yetishtirilmoqda. Korxona to’laligicha Germaniyadan keltirilgan tovuq boqishga ixtisoslashgan texnologiyalar bilan jihozlangan. 2022 yilda 18,7 mlrd. so’m mablag’ yo’naltirish orqali tovuqlar sonini 65 ming boshga va yillik tuxum yetishtirish hajmini 23,4 mln. donaga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Viloyat hokimi “Atlas Invest Furqat” MChJ tomonidan Furqat tumanida amalga oshirilayotgan Markaziy Osiyodagi noyob loyihalardan biri, xo’jalik gugurti ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish jarayonlarini ham ko’zdan kechirdi. Loyiha doirasida hozirgi kunga qadar 6 mlrd. so’mdan ortiq mablag’lar o’zlashtirilib, 45 ta ishchi-xodimlar faoliyat yuritmoqda. Xozirgi kunda 40 foiz texnologiyalar Xitoy davlatidan olib kelib o’rnatilgan hamda loyihaning 1-bosqichi ishga tushirilgan. To’la quvvat bilan ishga tushgach, korxonada yillik 15 ming kubometrgacha o’rmon xo’jaligi mahsulotini qayta ishlab, ekologik toza gugurt ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi.

Tumanning “Ardaxshon” MFY hududida 2019 yilda 6,5 gektar maydonda barpo etilgan issiqxona, avvalgi egalarinining moliyaviy muammolari tufayli ishlamay qolib, kredit qarzlari hisobiga bank balansiga o’tkazilgan va bir yil bo’sh turgan. Mahalliy tadbirkor Hayotbek Qurbonov o’tgan yili bank bilan kelishuv asosida, 4,8 milliard so’mlik kredit qarzdorligini qoplab berish sharti bilan issiqxonani sotib olgan. Qayta ta'mirlangan issiqxonaga hozirda 200 ming tup sara pomidor ko’chatlari ekilgan. Tadbirkor har tup pomidordan 4 kg gacha hosil olishni rejalashtirmoqda.

Viloyat rahbariga Istiqlol MFY hududida sobiq ip-yigiruv fabrikasi negizida “Furqat in tex” MChJ QK (Xitoy) tomonidan qiymati 22 mln. dollar bo’lgan “Kalava ip va mato ishlab chiqarish” investitsiya loyihasi taqdim etildi. Loyihani amalga oshirish uchun 7,5 million dollar bank krediti ajratishga ko’maklashish bo’yicha viloyat hokimiga qilingan murojaat ijobiy hal etiladigan bo’ldi. Korxonaning to’liq quvvati 17 ming tonna paxtani qayta ishlashga mo’ljallangan. Hozirgi kunda korxonada 520 ta ishchi faoliyat yuritmoqda.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram