Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 66 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA POKISTON BILAN HAMKORLIKDA TIBBIYOT UNIVERSITETI TASHKIL ETILADI

×

 2022-01-31 12:26:18    409

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Pokiston Islom Respublikasidan kelgan tadbirkorlar delegatsiyasini qabul qildi.

Pokistonning Peshavordagi taniqli Xayber tibbiyot universiteti, shuningdek Shifa International klinikalar tarmog’i, SANS MED International kompaniyasi, O’zbekistondagi tibbiy oliy ta'lim muassasalariga pokistonlik talabalarni yo’naltirishga ixtisoslashgan “Asl Pharma” kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuvda pokistonliklarning Farg’onadagi hamkori, “Meridian Diagnostic Hospital” rahbari Nurillo Mamasadiqov ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda Farg’ona shahrida O’zbekiston-Pokiston hamkorligida Markaziy Osiyo tibbiyot universiteti (Central Asian Medical University) tashkil etish bilan bog’liq masala muhokama qilindi.

Loyiha tashabbuskorlari viloyat rahbariga yangi universitetni tashkil etish bo’yicha o’z rejalarini bayon qildilar. Joriy yildayoq dastlabki talabalarni qabul qilishi maqsad qilingan oliygohda ilk bosqichda davolash ishi, pediatriya va stomatologiya yo’nalishlari ochiladi. Pokistonlik tadbirkorlar universitet faoliyatini yo’lga qo’yish uchun birinchi bosqichda 2 million AQSh dollari, keyingi yilda esa talabalar amaliyot o’tashlari uchun o’z klinikalarini tashkil etish uchun 10 million dollargacha mablag’ yo’naltirishlarini ma'lum qilishdi. Talabalarga dars berish uchun Pokiston, Angliya va AQShdan tajribali professor-o’qituvchilar ham jalb etiladi.

Viloyat hokimi hozirda O’zbekistonda davlat tibbiyot muassasalari bilan bir qatorda davlat-xususiy sheriklik tamoyilidagi hamda xususiy tibbiyot tizimi ham jadal rivojlanib borayotganini qayd etib, ularni malakali kadrlar bilan ta'minlash dolzarblik kasb etayotganini, shu nuqtai nazardan Farg’onada xorijiy ta'lim tajribasiga asoslangan tibbiyot oliygohini tashkil etilishi to’la qo’llab-quvvatlanishini ma'lum qildi.

Uchrashuv yakunida Farg’ona viloyati hokimligi, Xayber tibbiyot universiteti hamkori sifatida SANS MED International kompaniyasi hamda “Meridian Diagnostic Hospital” MChJ o’rtasida Farg’ona shahrida Markaziy Osiyo tibbiyot universiteti tashkil etish masalasida uch tomonlama o’zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram