Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI O’RINBOSARI AFV ETILGAN 4 NAFAR FARG’ONALIK FUQAROLAR BILAN UCHRASHDI

×

 2022-04-23 15:25:14    285

PDF yuklash
Chop etish


Navro’z umumxalq bayrami arafasida Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqimizga xos ezgulik, bag’rikenglik, insonparvarlik, mehr-oqibat va kechirimli bo’lish kabi olijanob fazilatlarning yorqin ifodasi sifatida jazo muddatini o’tayotgan hamda qilmishiga chin ko’ngildan pushaymon bo’lgan va tuzalish yo’liga qat'iy o’tgan 75 nafar shaxsni afv etish bo’yicha farmonni imzoladi.

Bugun Farg’ona shahridagi Tadbirkorlar uyida viloyat hokimining o’rinbosari Jamshed Xatamov mas'ul idoralar rahbarlari bilan birgalikda ushbu farmon doirasida afv etilgan 4 nafar farg’onalik fuqarolar bilan uchrashdi. Muloqot davomida ularning muammolari, ijtimoiy hayotga moslashish yo’lidagi rejalari o’rganildi.

Afv etilgan fuqarolarga Prezidentimiz va xalqimizning ishonchini oqlab, jamiyatda o’z o’rinlarini topishlari kerakligi yana bir bor tushuntirildi.

Xatolaridan pushaymonda ekanliklarini aytgan yurtdoshlarimiz, bag’rikenglik va e'tibor uchun minnatdorchilik bildirdilar.

Avvaldan sport bilan shug’ullanib kelgan Husan Karimov yana o’z faoliyatini davom ettirishini ma'lum qildi. Ravshan Umurzaqov non tsexini, Shukurullo Abdulazizov mebelchilik ishini yo’lga qo’yish istaklarini aytdilar. Davron Abdurahmonov esa do’kon ochish niyati borligini qayd etdi. Ularga mas'ullar tomonidan tegishli maslahatlar berildi va belgilangan tartibda ko’mak ko’rsatilishi, qo’llab-quvvatlanishi mutasaddi idoralar vakillari ishtirokida kelishib olindi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram