Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MUSTAQILLIKNING 31 YILLIGI BAYRAMI ARAFASIDA SO’XDA 31 NAFAR EHTIYOJMAND OILA FARZANDLARINING SUNNAT TO’YI O’TKAZILDI

×

 2022-08-25 00:07:51    367

PDF yuklash
Chop etish


Davlat mustaqilligining o’ttiz bir yillik bayrami tantanalari arafasida bugun So’x tumanidagi “Sohil” tantanalar majmuida viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi tashabbusi bilan 31 nafar ijtimoiy ko’makka muhtoj bo’lgan, daftarlarga kiritilgan oilalarning farzandlari, asosan maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun sunnat to’yi o’tkazildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari ushbu xayrli tadbirda ishtirok etdilar.

Tabriklash uchun so’z olgan viloyat rahbari ushbu sahovat tadbiri Davlatimiz rahbari boshchiliklarida so’nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Inson qadri uchun” tamoyiliga asoslangan islohotlarning bir ko’rinishi ekanini ta'kidlab, to’ybolalarning Vatanimiz, xalqimiz xizmatida bo’ladigan yetuk insonlar bo’lib yetishishlariga tilak bildirdi.

To’yda bolalarga yangi sarpolar kiydirilib, har biriga velosiped va boshqa qator sovg’alar topshirildi. So’xlik san'atkorlar ijrosidagi kuy-qo’shiqlar to’yga yig’ilgan mahalla ahli, ota-onalarga bayram kayfiyatini ulashdi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram