Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 96 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


EL AZIZ, INSON AZIZ BO’LGAN YURTGA BAYRAMLAR YARASHADI: MUSTAQILLIK SHODIYONASI FARG’ONADA KATTA TANTANA BILAN NISHONLANDI

×

 2022-08-31 00:48:52    866

PDF yuklash
Chop etish


Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va kontsert saroyi ochiq maydonida mamlakatimiz bo’ylab “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida o’tkazilayotgan O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 31 yilligiga bag’ishlangan viloyat bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Bayramni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov kirish so’zi bilan ochdi. Viloyat hokimi o’z so’zida “Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan “Inson qadri uchun” degan ustuvor tamoyilni to’la ro’yobga chiqarish bosh mezonga aylangan yurtimizda olib borilayotgan adolatli siyosatni, xalq roziligi yo’lida bo’layotgan o’zgarishlarning amaldagi ijrosini kundalik hayotimizda har kuni his etish barchamizga katta quvonch baxsh etayotgani shubhasiz,” deb, yurtimizda bo’layotgan ulkan o’zgarishlarning viloyat hayotiga ta'siriga lo’nda ta'rif berdi.

Xayrullo Bozorov o’z nutqida Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil may oyida viloyatimizga qilgan tashrifi hamda tashrif chog’idagi “Biz Farg’onadan katta natijalar kutamiz” degan so’zlari, viloyatning joriy yildagi maqsad va vazifalarini aniq belgilab beruvchi omil bo’lganini ta'kidlab, farg’onaliklar bu ishonchga javoban chin yurakdan, qalblaridagi bor mehr va sadoqat bilan fidokorona mehnat qilib, joriy yil yakuni bo’yicha barcha sohalarda Davlatimiz rahbari kutgan katta natijalarni qayd etishga astoydil bel bog’lashganini qayd etdi.

Viloyatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli bunyodkorlik ishlari, iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda erishilayotgan yuksak natijalar alohida iftixor bilan qayd etildi.

Viloyat hokimining tashabbusi bilan bu yilgi mustaqillik bayramidan boshlab Farg’ona viloyatida maktablarni rivojlantirish, xalq ta'limi, kasbiy ta'lim va oliy ta'lim tizimining muammolarini hal etish, ta'lim-tarbiya sifatini yaxshilashga qaratilgan umumviloyat harakatiga start berildi.

Kuni kecha Vatanimiz mustaqilligining o’ttiz bir yilligi munosabati bilan e'lon qilingan Prezidentimizning farmonlari doirasida, Davlatimizning yuksak mukofotlari – faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan 23 nafar viloyatimiz vakillari, yana bir bor olqishlar bilan qutlandilar.

Bayram tantanalari viloyat va respublika san'at ustalarining katta gala-kontserti va teatrlashtirilgan tomoshasi bilan davom etdi.

Mushaklar salyuti esa Farg’onadagi Mustaqillik bayrami osmoniga turfa ranglar qo’shdi.





















































































































Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram