Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 123 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA ILK BOR TO’XTAB TURGAN YURAKDA AORTA KLAPANINI PROTEZLASH JARROHLIK AMALIYOTI O’TKAZILDI

×

 2022-09-07 12:45:34    382

PDF yuklash
Chop etish


Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg’ona filialida ilk bor to’xtab turgan yurakda aorta klapanini protezlash jarrohlik amaliyoti o’tkazildi.

Yurak klapanlari yaxshi ishlamasligi natijasida bemorning nafas qisishi, charchoq, ko’krak qafasidagi og’riqlar va yurak yetishmovchiligi bezovta qilgan. Poytaxtdan kelgan malakali kardioxirurglar va farg’onalik shifokorlar ushbu asoratlarni bartaraf etish, bemorni sog’lom hayotga qaytarish maqsadida ilk bor to’xtab turgan yurakda aorta klapanini protezlash jarrohlik amaliyotini o’tkazdi.

– Ushbu murakkab jarrohlik amaliyotini o’tkazish uchun muassasada barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgan, - deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg’ona filiali direktori Bahodir Mamadjonov. – Germaniyada ishlab chiqarilgan “Shtokkert” sun'iy qon aylantirish apparati respublikamizda sanoqli, U jarrohlik amaliyoti vaqtida bemor yuragi to’xtatilgach yurak vazifasini bajaradi.

Viloyat markazlarida bu kabi murakkab jarrohlik amaliyotlarining o’tkazilayotgani tibbiyotdagi islohotlar, aholi salomatligi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar samarasidir.

Ta'kidlash joiz, yil boshidan buyon Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazidan jalb etilgan yetakchi kardioxirurg mutaxassislar ishtirokida 9 nafar bemorda aorta-koronar shuntlash jarrohligi o’tkazilgan bo’lsa, iyun oyida yurak-qon tomir jarrohlik va mikroxirurgiya bo’limi shifokorlari tomonidan 4 nafar bemorda korotid endarterektomiya jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli olib borilgan va bemorlarning hayoti saqlab qolingan.

Hozirgi kunda bemorlarning ahvoli yaxshi, davo muolajalari davom ettirilmoqda.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram